53
26-rasm Kam qillilar sinfi.Yomg’ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi.
Zuluklar sinfi - Hirudinae
Zuluklar kam qillilar – Oligochaeta sinfning kuchli o‘zgarishiga uchragan
avlodlaridan bo‘lib, ularning ayrim oligoxetalarga o‘xshashlik belgilari tuban
darajadagi zuluklarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular qildor zuluklar (Acanthobdelle)
deb ataladi. Bunday zuluklarning
oldingi gavda segmentlarida, yomg‘ir
chuvalchanglariniki singari, qillar bo‘ladi. Ularda selom yo‘qolgan, organlar orasi
parenximali to‘ima bilan to‘ldirilgan. Haqiqiy qon tomirlar yo‘qolib, selom qoldig‘idan
yangi qon tomirlar paydo bo‘lgan. Ayirish organlarida voronka bo‘lmaydi. O‘rta
ichakda hosil bo‘lgan yon o‘simtalarda so‘rib olingan o‘lja qoni saqlanadi. So‘lak
bezidan so‘rib olingan qonni ivib qolmasligi uchun girudin shirasi ishlab chiqaradi.
Zuluklarning hayot tarzi yirtqichlik va ektoparazitlik yo‘li bilan kechadi.
Xartumli zuluklardan kelib chiqqan yassi zuluklar va baliq zuluklari turli umurtqasiz va
umurtqalilarning qoni va shiralari bilan oziqlanadi. Ular ektoparazitlardir. Xartumsiz
zuluklardan paydo bo‘lgan jag‘li zuluklarning bir guruhi shu jumladan tibbiyot zulugi
umurtqalilarning
qoni bilan, ikkinchi guruhi yirtqich bo‘lib hisoblanadi. Zuluklarning
ko‘pchiligi mayda umurtqasizlarni iste’mol qilib yirtqichlik yo‘li bilan yashashga
o‘tgan.
Hozirgi vaqtda zuluklarning 400ga yaqin turi fanga ma’lum.
Ular asosan,
chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Zuluklarning sirtqi bo‘g‘imlarining soni ichki
bo‘g‘imlarga to‘g‘ri kelmaydi. Odatda bir xaqiqiy bo‘g‘imga 3-5 ta sirtqi bo‘g‘im
to‘g‘ri keladi.
54
Zuluklarning ko‘pchiligida oldingi va orqa so‘rg‘ichlari bo‘ladi. Selom
reduksiyaga uchrab u lakunar sistemaga aylangan. Ichki organlarining orasi parenxima
bilan to‘ldirilgan. Ichaklari ham maxsus yon xaltachalar hosil qiladi. Tomog‘iga
maxsus bezlar ochiladi. Zuluklarning barchasi germafrodit bo‘lib, metamorfozsiz,
to‘g‘ridan – to‘g‘ri rivojlanadi. Zuluklarning tipik vakillari qilli zuluk, akontobdella –
Acanthobdella peledina, meditsina (tibbiyot) zulugi - Hirudo medicinalis, baliq zulugi
– Piscieda geometra chorva mollarining tipik paraziti – ot zulugi - limantius nilotica va
limantius turkestanica- larni ko‘rsatish mumkin.
YUqorida nomlari ko‘rsatilgan zuluklarni tashqi ko‘rinishi
bilan tanishib
chiqing. Ularning bir biridan farqini o‘rganing. Akontobdella bilan, meditsina
zulugining rasmini chizing. Meditsina zulugining ovqat
hazm qilish sistemasini
yorilgan zuluk yordamida o‘rganing va sxemasini chizing.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Xalqali chuvalchanglarning boshqa chuvalchanglarga nisbatan progressiv
belgilarini aytib bering.
2. Yomg‘ir chuvalchangini ovqat hazm organlari qanday tuzilgan?
3. Yomg‘ir chuvalchangini ayrish va qon aylanish organlarining tuzilishini
ta’riflang.
4. Halqali chuvalchanglarni tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.
5. Zuluklar veterinariya va tibbiyotda
qanday ahamiyatga ega, chorvachilikka
keltiradigan zarari.
Uyga vazifa: Parazit chuvalchanglarni tuxum va lichinkalarini tuzilishini o‘qib
o‘rganib kelish