66
Sikloplar
– dengizlar va chuchuk suvlarda
keng tarqalgan mayda
qisqichbaqalardir. Tanasi bosh – ko‘krak va qorin qismlaridan tashkil topgan.
CHig‘anoq (qalqoni) bo‘lmaydi. Gavdaning oldingi qismi bo‘g‘inlarga
bo‘linmagan bo‘lib, bosh bilan birinchi ko‘krak bo‘g‘inining qo‘shilishidan hosil
bo‘lgan. Ko‘krak qismi to‘rtta bo‘g‘imdan tashkil topgan.
Qorin qismi silindrik
shaklda bo‘lib, 5 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan va unda oyoqlari bo‘lmaydi.
33- rasm A. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi
1-bosh ko‘krak, 2-qorin, 3-uzun mo‘ylov, 4-kalta mo‘ylov, 5-jag‘lar, 6-
jag‘oyoqlar, 7-qisqichi, 8-yurish oyoqlari, 9-qorin oyoqlari, 10-dum so‘zgich.
V. Daryo qisqichbaєasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemalari
1-og‘iz, 2-katta oshqozon, 3-kichik oshqozon, 4-ichak, 5-xalqum usti nerv tuguni,
6-xalqumosti nerv tuguni, 7-qorin nerv zanjiri.
67
S. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemalari: 1-
ayirish bezi, 2-jabralar, 3-yurak, 4-orqa qon tomiri, 5-qorin-qon tomiri.
NAZORAT SAVOLLARI:
1.
Qisqichbaqasimonlarning tuzilishida halqali chuvalchanglarga o‘xshash
qanday belgilar mavjud?
2.
Qisqichbaqasimonlarning ayirish va nerv sistemasi qanday tuzilgan?
3.
Daryo qisqichbaqasining jinsiy sistemasini tuzilishini ta’riflang.
4.
Qisqichbaqasimonlarning foydali va zararli tomonlarini ta’riflab bering.
5.
Daryo qisqichbaqasining sezgi organlari qanday tuzilgan?
6.
O‘zbekiston
xududida
qisqichbaqasimonlarlarning
qanday
turlari
uchraydi?
7.
Qisqichbaqasimonlarning oyoqlari sonini va bajaradigan funksiyalarini
bilan aytib bering?
Uyga vazifa: O‘rgimchaksimonlar sinfini o‘qib kelish.