Zararli hashoratlar .
Bukalar. Bukalar yashash joyiga qarab bir necha xil
bo‘ladi. Jumladan oshqozon bukalari, teri osti bukalari va hakozo. Ikki qanotli
hashoratlarning bunday lichinkalari parazitlik yo‘li bilan hayot kechiradi.
Otlarning oshqozon bo‘kasi – Gastrophilus intestinalis . Voyaga etgan
urg‘ochi bukalar tuxumlarini ot va eshaklarni oyoqlariga qo‘yadilar. Tuxumlaridan
chiqqan lichinkalar kuchli qichish paydo qiladi. Otlar qichigan joylarini tishlari
bilan qashlagan vaqtda og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tib, qizilungach orqali oshqozoniga
tushadi. Oshqozonda (9 oy davomida) bir necha marta tullab, o‘sadi. (1 mm.dan 20
mm.gacha). taraqqiyotining keyingi bosqichida oshqozondan ichakka o‘tib, hayvon
tezagi bilan tashqi muhitga tushadi.
Tuproq va gunda g‘umbakka aylanadi. Bir oydan keyin g‘umbakdan qanotli
hashorat paydo buladi. U bir oyga yaqin yashaydi. Otlarning oshqozon bukalari
tomonidan chaqiriladigan kasallik gastrofilyoz deyiladi.
Teri osti bukalari –Hypodermatidae: - qoramol bo‘kasi Hypoderma bovis
ning uzunligi 14 mm, tanasi qoramtir sarg‘ish tuklar bilan qoplangan. Urg‘ochi
bukalar yozda asosan yirik shoxli hayvonlarning oyog‘idagi junlarga bir necha
yuzta tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri ostiga yorib kirib asta–
sekin hayvonlarning elka, miya kanaliga o‘tadi.
44-rasm. Qoramol teri osti bukasi-giphodema bovis ning tarqqiyoti.
U joyda 2–3 oy parazitlik qiladi, so‘ngra teri ostiga qaytib chiqadi, ikki
marta tulab terida shish hosil qiladi, terini teshib nafas oladi. So‘ngra teri ostidan
tuproqqa tushib g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan 3–5 hafta ichida imago chiqadi.
Imago atigi bir necha hafta yashaydi. Teri osti bukasi gipadermatoz kasalligini
81
qo‘zg‘atadi, bu kasallikdan hayvonlarning mahsuldorligi, terini sifati pasayib
ketadi.