• Kerakli jihozlar
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
     
     
     
    15-M A SH G‘ U L O T 
     
    Mavzu:
    Hasharotlar sinfi – Jnsecta
    Darsning maqsadi:
    Suvarak, may qo‘ng‘izi va parazit hashoratlarning 
    tuzilishidagi xarakterli xususiyatlar bilan tanishib chiqish.
    Kerakli jihozlar:
    Hasharotlar sinfi vakillarini aks ettiruvchi quruq va xo‘l 
    preparatlari, suvarak, may qo‘ng‘izi, sunalar, parazit hashoratlar (bit, burga)ning 
    quruq preparatlari, mikroskop.
     
    V A Z I F A 
     
     
     
    1.
    Qora suvarak va may qo‘ng‘izi misolida. hashorotlarni tashqi tuzilishi bilan 
    tanishib chiqish va sxemasini chizish. 


    77 
    Suvarak yoki may qung‘izini yorib ichki tuzilishi (ovqat hazm qilish, nafas olish, 
    nerv, jinsiy sistemalarini o‘rganish va rasmini chizish). 
    2. Parazit hashoratlardan qoramol teri osti bukasi qo‘y va otlarning bo‘shliq 
    so‘na (buka)larning rivojlanishini o‘rganish, rasmini chizish 
    Hashoratlar yoki olti oyoqlilari sinfi bug‘im oyoqlilar tipining eng 
    mukammal taraqqiy etgan va yashash imkoniyati bo‘lgan barcha muxitlarni 
    egallagan eng ko‘p (1mln. dan ortiq) turni o‘z ichiga oladi. 
    Hashoratlarning tanasi 3 – qism - bosh, ko‘krak va qorindan iborat. Bosh 
    bo‘limning bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan va yaxlit massani tashkil qiladi. Ko‘krak 
    va qorin qismining bo‘g‘imlari esa aniq ko‘rinib turadi. Ko‘krak 3 va qorin 4-11 
    segmentdan tashkil topgan. 
    Bosh qismida 1 juft antennasi (“muylovi”) og‘iz apparati oddiy va murakkab 
    ko‘zlari joylashgan. 
    Ko‘krak qismi 3 bo‘g‘imidan tashkil topgan, oldingi, o‘rta va keyingi 
    ko‘krak bo‘g‘imlari deb ataladi. Har bo‘g‘imda bir juftdan oyoq va ko‘pchiligida 
    o‘rta va keyingi ko‘krak bug‘imlarida 1 juftdan qanot buladi. Ko‘krak 
    bo‘g‘imlarida joylashgan kuchli muskullar qanotlarni harakatga keltiradi. 
    Qorin qismi gavdaning oxirgi bo‘g‘imi bo‘lib, bo‘g‘imlarining soni
    hayvonning sistematikada tutgan o‘rniga bog‘liq. Tuban formalarda bo‘g‘inlar soni 
    11 bo‘lsa, yuqori taraqqiy etgan formalarida 4 qanotlilar va ikki qanotlilar 
    turkumida bo‘g‘inlar soni 4 -5 ta bo‘ladi. Qorin qismida oyoqlar bo‘lmaydi. Faqat 
    ba’zi bir vakillarida oyoqlarini rudimentlari yoki shakli o‘zgargan oyoqlar (serka, 
    grifelka va boshqalar) ni ko‘rish mumkin.
    Suvarak yoki may qo‘ng‘izi misolida hasharotlarni tashqi tuzilishini bilan 
    tanishib chiqing. Bosh qismi, ko‘krak va qorin qismini toping. Og‘iz apparati 
    tuzilishini o‘rganing va rasmini chizing. Tanasining uchchala qismida xam 
    organlarini joylashishini o‘rganing va rasmini chizing. Qanotlar va oyoqlarning 
    tuzilishini o‘rganing. 
    Ichi yorilgan suvarak yoki qo‘ng‘izda ichki organlarning topografiyasi 
    (joylashishini o‘rganing) so‘lak bezlari, qizilo‘ngach, jig‘ildonni toping.


    78 
    42-rasm. Hashoratlarning chala (a) va to‘liq (b) metamorfoz yo‘li bilan rivojlanishi: 
    a). 1-tuxumda rivojlanayotgan lichinka; 2-6-lichinkalik davrlari; 7-voyaga etgan hashorat 
    b). 1-tuxum quyayotgan urg‘ochi kapalak; 2-tuxumdan chiqqan lichinka; 3-4-pilla va uning 
    ichidagi g‘umbak 
    Jig‘ildondan keyin joylashgan pufakchasimon chaynovchi oshqozon joylashgan. 
    Bu oshqozonda oziqa ezilib maydalanadi. Tomoq, qizilo‘ngach va chaynovchi 
    oshqozon, oldingi ichak deb ataladi va keyingi ichak ikkalasi ektodermadan kelib 
    chiqqan. O‘rta ichakni oldingi ichak bilan chegarasida bir necha pilorik o‘simtalar 
    joylashgan. Keyingi ichak bilan chegara bo‘lib keyingi ichakning boshiga 
    ochiluvchi ajratish organi – malpigiy naylari xizmat qiladi. Malpigiy naylarning 
    soni 2 tadan 200 tagacha bo‘lishi mumkin. Malpigiy naychalarida modda hosil 
    qilish protsessida paydo bo‘lgan tuzlar suvda erigan sistemaning kislotasi kristal 
    shaklida cho‘kmaga tushadi suv esa qayta organizmga shimiladi. Asosan suvni 
    shimilishi keyingi ichakning pufakcha deb atalgan qismida o‘tadi. 


    79 
    27-42-
    43-
    rasm. Hashoratning tashqi (A) va ichki (V) tuzilishi. 
    A.1-antenna, 2-murakkab ko‘z, 3-oddiy ko‘zlar, 4-yuqori lab, 5-til, 6-oyoqlar, 7-qanotlar, I, 
    bosh, II kukrak, III єorin 
    V.1-xalqum, 2-oshqozon, 3-ichak, 4-malpigi naychalari, 5-xalqum atrof nerv xalqasi, 8-
    tuxumdon, 9-yurak, 10-traxeyaning tuzilishi 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish