68
13-M A SH G‘ U L O T
Mavzu:
O‘rgimchaksimonlar sinfi – Arachnida.
Darsning maqsadi:
Xelitseralilar kenja tipiga kiruvchi o‘rgimchaksimonlar
sinfining anatomo-morfologik va biologic va ekologik xususiyatlari va ularning
tibbiyotda, veterinariyada va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati bilan tanishish.
Kerakli jihozlar:
O‘rgimchaksimonlar sinfi vakillarini aks ettiruvchi
jadvallar, xo‘l va quruq preparatlar, mikropreparatlar, mikroskop.
V A Z I F A
1.
Butli o‘rgimchak – Araneus diadematus ning tashqi tuzilishi bilan tanishib
chiqish. Xelitserasi va zaharli bezining joylashish sxemasini chizish.
2.
Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi va organlarining joylashishini o‘rganish
va sxemasini chizish.
3.
Chayoning tashqi tuzilishi bilan tanishib chiqish.
4.
Zaharli o‘rgimchaklardan qoraqurt – Lathrodectus tredecimguttaus va
tarantul - Trochosa singoriensis larning tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqish.
5.
Mikroskop ostida qichitma kana - Sarcoptes scabie ning tuzilishi bilan
tanishib chiqish va rasmini chizish.
6.
Yaylov kanasi - Ixodes specius ning tashqi tuzilishi bilan tanishib chiqish va
og‘iz apparatining rasmini chizish.
7.
O‘rgimchaksimonlarning xarakterli xususiyatlari va ularning iqtisodiy
ahamiyati xaqida qisqacha ma’lumot yozish.
O‘rgimchaksimonlar sinfiga dastlab quruqlikka yashashga moslashgan
bo‘g‘imoyoqlilar kiradi. Ularning tana qismlari turlicha, oyoqlari 8 juft. Shulardan
1-jufti xelitsera, 2-jufti sezgi oyoqlar, qolgan 4 jufti lokomotor (yurish) oyoqlilari
qisoblanadi. Oyoqlarining uchida tirnoqchalari bor. Nafas olish organlari o‘pka,
traxeya. Siydik ajratish organi mal’pigiy naychalaridan iborat.
O‘rgimchaksimonlar qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
Ular orasida o‘simlik zararkunandalari, odam va hayvonlarning parazitlari, kasallik
chaqiruvchi parazitlarning oraliq ho‘jayinlari uchraydi.