62
TIP: BO‘G‘IM OYOQLILAR – ARTHROPODA
Bo‘g‘imoyoqlilar hayvonot dunyosida barcha umurtqasiz hayvonlar orasiga
eng yuqori darajada taraqqiy etgan va keng tarqalgan juda yirik tip bo‘lib
hisoblanadi. Ular er yuzida mavjud bo‘lgan hayvonlarning 2\3
qismidan
ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Bu tip vakillari dengiz va okeanlarda chuchuk suvlarda,
er ostida, quruqlikda va havoda yashashga moslashgan. Bo‘g‘im oyoqlilar uchun
xarakterli belgilar tanasini xitinli kutikula bilan
qoplanganligi hamda tana
qismlarini bo‘g‘imlarga bo‘linganligidadir. Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi 3 qism-
bosh, ko‘krak va qorin qismlarga bo‘lingan. Ba’zi sistematik guruhlarida bosh
qism ko‘krak qismi bilan birlashib ketgan. Talaygina turlarida tana yaxlit tuzilgan.
Bo‘g‘imoyoqlilarda nafas olish organlari yaxshi rivojlangan bo‘lib
suvda
yashaydigan vakillari jabralar, quruqlikda yashaydiganlari esa o‘pka
va traxeya
naychalari yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi ochiq. Nerv sistemasi va
sezgi organlari kuchli rivojlangan. Deyarli barcha bo‘g‘imoyoqlilar ayrim jinsli.
Bo‘g‘imoyoqlilarni o‘rganish nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga
ega: ular orasida qishloq xo‘jalik
zararkunandalari, odam va hayvonlarning
parazitlari, infeksion va invazion
kasalliklarni tarqatuvchilari, zaharli turlari,
foydali
vakillari
(o‘simliklarni
changlatuvchilar,
go‘ng
qo‘g‘izlar,
xonakilashtirilgan hasharotlar asalari va tut ipak qurti) zararkunandalarning
kushandalari mavjud.
Qishloq
ho‘jalik yo‘nalishidagi oliy o‘quv
yurtlarida, odatda,
bo‘g‘imoyoqlilarning faqat 3 ta kenja tipi o‘rganiladi:
Jabra bilan nafas oluvchilar- Bronchiata
Xelitseralilar –Chelicerata
Traxeyalilar - Tracheata