• Kerakli jihozlar: Har xil sistematik oid mollyuskalarning tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, tirik suv va quruqlik mollyuskalari, ularning chig‘anoqlari. V A Z I F A
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
     
    12-M A SH G‘ UL O T 
     
    Mavzu: Yumshoq tanlilar yoki mollyuskalar – Mollusca
    Darsning maqsadi:
    Mollyuskalarning anatomo-morfologik, biologik va 
    ekologik, xususiyatlari bilan tanishib chiqish, xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini 
    o‘rganish.
    Kerakli jihozlar:
    Har xil sistematik oid mollyuskalarning tuzilishini aks 
    ettiruvchi jadvallar, tirik suv va quruqlik mollyuskalari, ularning chig‘anoqlari.
    V A Z I F A 
     
     
    1.
    Qorinoyoqli mollyuskalar – Gastropoda sinfining o‘pkalilar turkumiga 
    kiruvchi, O‘zbekistonda trematodalarning oraliq xo‘jayinlari vazifasini 
    o‘tovchi suv va quruqlik mollyuskalarining tashqi va ichki tuzilishini 
    o‘rganish.
    2. Sadafdor - Anadonta cygnea ning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish. 
     
    Sinf: Qorinoyoqli mollyuskalar – Gastropoda. Eng yirik
    sinf bo‘lib, 3 ta 
    turkumga ega: Orqa jabralilar, oldingi jabralilar, o‘pkalilar. Ushbu sinf 
    vakillarining ko‘pchiligida tana assimetrik tuzilgan bo‘lib, chig‘anoq spiral yoki 
    g‘altaksimon shakllarga ega. Tanasi bosh, gavda va muskulli tovon shaklidagi 
    oyoqdan iborat. Og‘iz bo‘shlig‘i ozuqaga mexanik ishlov berish uchun jag‘ va 
    qirg‘ichga ega. Og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak bezining yo‘llari ochiladi. Bosh 
    qismidagi 
    paypaslagichlarida 
    ko‘zlar 
    joylashgan.


    58 

    28-rasm. Qorinoyoqli mollyuskalar: 
    a). Katta akam-tukam; b). G‘altaksimon; v). Tok shilliq qurti; g). Yalong‘och 
    shilliq 
    O‘zbeksiton xududida o‘pkalilar turkumining vakillari keng tarqalgan. 
    Ularning ko‘pchiligi quruqlikda (nam joylarda) hayot kechiradi va o‘pka bilan 
    nafas oladi. Bir qismi quruqlikdan suvga qaytib tushgan, shu sababli ularda 
    o‘pkalar saqlanib qolgan. O‘pkali qorinoyoqlilar germafrodit, tuxumlaridan yosh 
    mollyuskalar rivojlanadi. Ular orasida ikkilamchi suv mollyuskalaridan Lymnaea 
    avlodiga kiruvchi akam-tukamlar va quruqlik mollyuskalaridan Xeropicta avlodiga 
    mansub mollyuskalar O‘zbekiston xududida uchraydigan trematodalarning oraliq 
    xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi. 
    Tirik mollyuskalarning gavdasini chig‘anoqdan ajrating (chig‘anoqni 
    sindirish yo‘li bilan), bosh, oyoq, gavda qismlarining tuzilishini o‘rganing. 
    Ochilgan gavdadan oyoq qismini kesib tashlang. ichagini ajratib olib, jigarini 
    toping. Buyum shishachasida uni 2-3 tomchi suvda pinset bilan ezing va 
    mikroskop (okulyar 7, ob’ektiv 8)da ko‘ring. Mollyuska jigarida trematodalarning 
    Download 4,99 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish