• Kerakli jihozlar
  • Uyga vazifa
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
     
    11-M A SH G‘ U L O T 
    Mavzu:
    Parazit chuvalchanglarning tuxum va lichinkalarining o‘rganish 
    Darsning maqsadi: 
    1.Jinsiy voyaga yetgan trematodalar, sestodlar, 
    nematodalarning bachadonidan ajratib olingan tuxumlarni mikroskopik tuzilishini 
    o‘rganish. 
    2. Har hil hayvonlar tezagini koprologik tekshirish yo‘li bilan parazit 
    chuvalchanglar trematodalar, sestodlar, nematodalarning tuxum va lichinkalarini 
    topish, ularni bir-biridan farqlash.
    Kerakli jihozlar:
    mikroskop, buyum va qoplag‘ich shishalar, toza stakanlar, 
    shtativ, probirka, pipetka, toza suv, salfetkalar, chashkalar, hayvon tezagidan 
    olingan namunalar, jadvallar.
     


    55 
    V A Z I F A 
     
     
    Qishloq xo‘jalik hayvonlarida parazitlik qiluvchi trematoda, sestod va 
    nematodalarning tuxum va lichinkalarini differensatsiya qilish (farqlash). Uning 
    uchun qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi: 
    1.
    Ho‘l preparatlar-fassiolalar, lansentsimon so‘rg‘ichli, monieziyalarning, 
    qilbosh gijjalarning bachadonlari pinset va skalpel yordamida katta buyum 
    shishachasida ochiladi, barchasi birgalikda stakanga solinib dokadan suzib 
    o‘tkaziladi. Suzmaning cho‘kmasidan 2-3 tomchi buyum shishachasiga 
    tomiziladi, qoplagich shisha bilan yopilib mikroskopning 8 ob’ektivi va 7 
    hamda 10 okulyarlari yordamida ko‘riladi. Topilgan tuxumlar qaysi 
    parazitga oidligi ularning shakli, hajmi, rangiga ko‘ra aniqlanadi (jadvaldan 
    foydalanish mumkin) va rasmlari chiziladi. 
    2.
    Kafedra laboratoriyasi sharoitida institut vivariyasidagi qo‘ylarning 
    tezagidan yig‘ilgan nematoda tuxumlari va ularning bir qismidan o‘stirilgan 
    lichinkalar ham mikroskop ostida ko‘riladi, ularning tuzilishi o‘rganiladi. 
    3.
    Trematodalar, sestodlar va nematodalarning yuqumli lichinkalari ho‘l 
    preparatlar va tayyor rasmlar yordamida o‘rganiladi. Trematodalarning 
    adoleskariyalari, metaserkariyalari, exinokokk va senurning pufaksimon 
    lichunkalarining tuzilishi o‘rganiladi. 
    Kafedrada o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan o‘rganilgan jigar 
    qurtlari-fassiolalar, 
    lansentsimon 
    so‘rg‘ichli, qo‘ylarning oshqozon-ichak 
    nematodalarining taraqqiyoti bo‘yicha tuxum va lichinkalarning rivojlanishi 
    tasvirlangan fotosuratlardan foydalaniladi.


    56 
    27-rasm. Parazit chuvalchanglarning tuxumlari. 
    1-Oddiy jigar qurti, 2.a-Turkiston qon so‘rg‘ichli, 2.b-shistosoma, 3-lansetsimon 
    so‘rg‘ichli, 4-mushuk ikki so‘rg‘ichlisi, 5-serbar tasmasimon sestod, 6-7-kalta 
    zanjirsimon sestodlar, 8-odam askaridasi: a) otalanmagan, b) otalangan,
    9-10-qilbosh gijja, 11-ostritsa. 
    NAZORAT SAVOLLARI: 
    1.
    Jigar trematodalari – fassiolalar va lansentsimon so‘rg‘ichlining tuxumlari 
    bir-biridan qanday farq qiladi?
    2.
    Fassiolalarning lichinkalari qanday nomlanadi?
    3.
    Adoleskariya va metatserkariyalar qaysi sharoitda shakllanadi? 
    4.
    Monieziyalarning tuxumlari qanday ko‘rinishga ega va ular ichida 
    rivojlangan lichinka qanday nomlanadi? 
    5.
    Oshqozon-ichak nematodalarning tuxumlarini biri-biridan farqlash 
    mumkinmi? 
    6.
    Nematodalarning yuqumli va lichinkalarini bir-biridan qanday farq qiladi. 
    Uyga vazifa:
    Yumshoq tanlilar yoki mollyuskalar tipini o‘qib kelish. 
    Suvda yoki quruqlikda yashovchi tirik mollyuskalarni yorib, ularning jigarida 
    trematodalarning lichinkalarini toping. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish