• Ovqat hazm qilish sistemasi
  • Qon aylanish sistemasi
  • Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi. 
    Chuvalchangni ichki tuzilishini 
    o‘rganish uchun yomg‘ir chuvalchangini mumli yoki parafinli vannachaga elka 
    tomonini yuqoriga qaratib qo‘yib, bosh tomonini to‘g‘nag‘ich yordamida vannaga 
    sanchib biriktiriladi. So‘ngra chuvalchang tanasini biroz cho‘zib, keyingi tomonini ham 
    to‘g‘nag‘ich yordamida vannachaga biriktiriladi. Keyin o‘tkir skalpel yoki uchi o‘tkir 
    qaychi yordamida dum tomonidan to boshqismigacha teri – muskul haltasi kesiladi. 
    Pinset yordamida teri – muskul xaltasini qayirib, bo‘g‘imlarni bir biridan ajratib 
    turuvchi to‘siq – dissepiment pardalar kesiladi. Shundan keyingina teri – muskul 
    xaltasini qayirib to‘g‘nag‘ichlar yordamida vannaga qadab qo‘yiladi. Vannaga suv 
    solib, qo‘l lupasi yordamida ichki organlar va ularning joylashish tartibini o‘rganish 
    mumkin.


    52 
    Ovqat hazm qilish sistemasi 
    og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘iz teshigidan 
    keyingi 1- 6 bo‘g‘inda joylashgan muskulli tomoq keladi, ettinchi segmentdan 
    qizilo‘ngach boshlanadi. 13 - bo‘g‘imdan, qizilo‘ngach kengayib jig‘ildonga aylanadi. 
    11-12 bo‘g‘imlarda qizilo‘ngach atrofida oq rangli 3 juft ohak bezlari yotadi. Bu bezlar 
    ishlab chiqargan ohak moddasi tuproqdagi gumus kislotasini neytrallashda katta 
    ahamiyatga ega. Ovqat jig‘ildondan muskulli oshqozonga o‘tadi. Oshqozon o‘rta 
    ichakgacha davom qiladi, ichakda ovqat hazm bo‘lib shimiladi.
    Yomg‘ir chuvalchangining ichagi o‘rta ichak bo‘ylab ichkariga botgan. Bu botiq 
    tiflozol deyilib, u ichakning ovqat shimish sathini kengaytiradi. O‘rta ichakdan keyin 
    orqa ichak keladi. Bu ichakda tiflozol bo‘lmaydi. Keyingi ichak anus bilan tugaydi. 
    Qon aylanish sistemasi
    yopiq. Asosiy qon tomirlariga elka va qorin aortalari 
    kiradi. Ular o‘zaro metamer va ko‘ndalang halqasimon qon tomirlar bilan tutashadi. 
    Elka aortasida qon bosh tomonga qarab, qorin aortasidan esa dum tomonga qarab 
    oqadi. Qizilo‘ngachni o‘rab olgan 1 - 2 bo‘g‘imdagi halqasimon qon tomirlar yurak 
    vazifasini bajaradi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi

    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish