• Kerakli jihozlar
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
     
     


    34 
    7-M A SH G‘ U L O T 
     
    Mavzu: Trematodalarning taraqqiyoti
     
    Darsning maqsadi.
    Jigar va oshqozon qurtlari, qon surg‘ichli misolida 
    trematodalarning taraqqiyotini o‘rganish.
    Kerakli jihozlar:
    Fassiolalar tuxumlaridan etilgan miratsidiy, chuchuk suv 
    moll.ckasida yetilgan rediya va serkariyalar, ulardan hosil bo‘lgan adoleskariyalar, 
    lansetsimon so‘rg‘ichli oshqozon qurti va qon so‘rg‘ichlilarning taraqqiyot 
    bosqichlarini aks ettiruvchi jadvallar, mikroskop, suv va quruqlik molliyuskalari, 
    chumolilar. 
     
    V A Z I F A
     
    Trematodalar lichinkalari-Miratsidiy, rediya va serkariyalar, adoleskariyalar 
    (metoserkariya)ning 
    tuzilishi, 
    rivojlanish 
    bosqichlari 
    bilan 
    tanishish. 
    Trematodalarning asosiy va oraliq xo‘jayinlardagi taraqqiyotini o‘rganish.
    Trematodlarning rivojlanishi. Bu sinfga kiruvchi endoparazitlarning
    rivojlanishi ikki, uch, hatto to‘rt xo‘jayin ishtrokida kechadi. Voyaga etgan 
    shakllari faqat umurtqali hayvon va odamlarda, lichinkalik davrlari esa umurtqasiz 
    hayvonlarda o‘tadi. Hozirgi vaqtda fanda trematodalarning 5000 ga yaqin turi 
    ma’lum.
    Rivojlanishi ancha murakkab bo‘lib, u xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan 
    o‘tadi. Asosiy xo‘jayin umurtqali hayvonlar baliqlar, suvda va quruqlikda 
    yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va shu jumladan 
    odam. Birinchi oraliq ho‘jayini suv va quruqlikda yashovchi qorin oyoqli 
    mollyuskalar. 
    Jigar qurtlari-fassiolalarning voyaga etgan davri jigarning o‘t yo‘llarida 
    kechadi. Otalangan tuxumlari o‘t suyuqligi bilan ichakka va u erdan hayvon tezagi 
    bilan birgalikda tashqi muhitga tushadi. Tuxumlari sarg‘ish, qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, 
    oval shaklda, kattaligi 170 x 0,75 mikron bo‘ladi. Tuxumlarida qopqoqcha mavjud. 
    Tuxumning rivojlanishi uchun suvlik muhit zarur. Embrional taraqqiyoti suvning 
    haroratiga bog‘liq, u esa parazit tuxumida birinchi avlod lichinka- mirasidiyning 
    yetilishi bilan tugallanadi. 
    Tuxumda yetilgan mirasidiyaning mollyuska organizmiga kirishi bilan unda 
    ikkinchi avlod lichinka- sporosista hosil bo‘ladi va partenogoniya davri boshlanadi. 
    Ushbu davrda sporosista hujayralaridan rediyalar,rediyalardan ko‘plab dumli 
    serkariyalar (3-avlod lichinka) paydo bo‘ladi. Shunday qilib, miratsidiya embrional 
    rivojlanishda, sporotsista, rediya, serkariyalar – partenogiya davrida, adoleskariya 
    yoki metatserkariya – sistogoniya davrida paydo bo‘ladi.
    Fassiola tuxumi suvga tushgandan so‘ng suv harorati 22-29
    0
    S bo‘lganda 17-
    18 kunda otalangan tuxumdan birinchi avlod lichinka miratsidiy chiqadi. 


    35 
    Miratsidiyning ikkita ko‘zchasi bo‘lib, tanasi kiprikchalari bilan qoplangan. 
    Miratsidiy oziqlanmasdan tanasidagi zapas ozuqa hisobiga 36 soat gacha yashaydi. 
    Trematodalarning 
    taraqqiyoti 

    davrdan 
    iborat: 
    Embriogoniya, 
    Download 4,99 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish