• Kerakli jihozlar
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
     


    42 
    9-M A SH G‘ U L O T 
     
    Mavzu:
    Sinf Nematodalar – Nematodes
    Darsning maqsadi.
    Birlamchi tana bo‘shliqli chuvalchanglar tipining 
    xarakterli xususiyatlari bilan tanishib chiqish. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida 
    parazitlik qiluvchi ayrim nematodlarning tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganish.
    Kerakli jihozlar:
    Askaridaning tashqi va ichki organlarini aks ettiruvchi 
    jadvallar, ho‘l preparatlar (ot paraskaridasi, cho‘chqa askaridasi, tovuq 
    askaridiyasi) mikroskop, quruq mikropreparatlar, askaridalarning tuxumlari. 
     
    V A Z I F A 
     
     
    1.
    Turli turga oid askaridalarning tashqi ko‘rinishi bilan tanishib chiqish. 
    2.
    Erkak va urg‘ochi otlar paraskaridasining tashqi tuzilishi bilan tanishish, 
    ularni bir biridan farqlash va rasmini chizish.
    3.
    Askaridaning 
    ko‘ndalang kesimidan tayyorlangan mikropreparatini 
    mikroskopning kichik ob’ektivi ostida o‘rganish va sxemasini chizish.
    4.
    Yorilgan askaridalar yordamida ularning ichki tuzilishi: ovqat hazm qilish
    ajratish va jinsiy sistemasini o‘rganish va sxemasini chizish.
    5.
    Zoonematodalarning tuxum va lichinkalarining mikroskopda kuzatish. 
    Askaridaning taraqqiyotini o‘rganish va sxemasini chizib olish. 
    6.
    Qishloq xo‘jalik hayvonlarida parazitlik qiluvchi zoonematodalardan o‘pka 
    qil qurti – Dictyocaulus F.ilaria, qil bosh gijja – Trichocephalis ovis larni makro 
    va mikropreparatlar yordamida o‘rganish, erkak va o‘rg‘ochilarini tuzilishiga ko‘ra 
    bir-biridan farqlash, rasmlarini chizish. 
     
    Ot paraskaridasi 
    - Parascaris equorum askaridalar orasida yirik 
    zoonematoda bo‘lib, urg‘ochisining uzunligi 40 smgacha, erkaginiki esa 30 sm. 
    gacha boradi.
    Voyaga etgan ot askaridasi ingichka ichakda yashaydi.
    Askaridaning tanasi uzunchoq, ikki uchi o‘tkirlashgan. Oldingi uchida 3 ta 
    labi og‘izni urab turadi. Urg‘ochisining tanasini oldingi uchidan bir qismi xalqa 
    shaklida ichkariga botgan bo‘lib, bu erda jinsiy teshik joylashgan.
    Erkak askarida urg‘ochisidan biroz kichik bo‘lib, dum qismi biroz qayrilgan 
    bo‘ladi. Dum uchiga yaqinroq joyda kloaka ichida ikkita tikanga o‘xshagan 
    o‘simtasi – spikula joylashgan. Spikulalar qo‘shimcha kopulyativ organlar bo‘lib, 
    qo‘shilish vaqtida urg‘ochisining jinsiy teshigini ochiq ushlab turadi.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish