23
2.
Sikonoid tipida tuzilgan bulutlarda olib keluvchi kanallar xoanatsit
hujayralar bilan qoplangan radial kanallarga, ular esa paragastral bo‘shliqqa
ochiladi.
3.
Leykonoid tipida tuzilgan bulutlar eng murakkab bo‘lib, xoanatsit hujayralar
bilan qoplangan kameralar tana devorida joylashgan bo‘ladi.Kameralar
o‘zaro, tashqi muhit va paragastral bo‘shliq bilan murakkab kanallar
sistemasi orqali birlashgan bo‘ladi;
II.Sxemada ektoderma qavatini hosil qiluvchi yassi cho‘zinchoq
hujayralar-
pikanatsitlar va poralarni hosil qilib turuvchi hujayralar-poratsitlarni solishtirib
ko‘ring va rasmini chizing. Entodermani hosil qiluvchi –yoqali hivchinli
hujayralar-xoanatsitlarni ,mezogleyada joylashgan
yirik tuxum hujayralari,
cho‘zinchoq skleroblast va amyobasimon arxeotsit hujayralarni toping.
Skleroblastlar, ignachalarspikulalar hosil bo‘ladi.
Arxeotsitlar organizmning “zapas” qismlari bo‘lib, har xil hujayralarga
aylanishi mumkin.Organizmning qaeri jarohatlansa shu hujayra hisobiga tiklanadi.
III. Badyaga bulut chuchuk suvlarda yashovchi organizm bo‘lib, tanasining shakli
turli-tuman bo‘ladi. Odatda koloniya bo‘lib, yashaydi, tanasi shilimshiq bo‘lib,
qo‘lansa hid kelib turadi.Bodyagani sirtida bir necha oskulumlar ham ko‘rinib
turadi.Oskulumlarlar soni qancha bo‘lsa, koloniyada
shuncha individ bor
hisoblanadi.
IV. Maxsus tayyorlangan preparatni mikroskopning kichik ob’ektivi ostida
kuzating. Mikroskop ostida bir-biriga yopishgan va kremniy moddasidan tashkil
topgan
bulut
ko‘rinadi.Rasmini
chizib
qo‘ying.
8- rasm. Bulutning morfologik tuzilishi:
1-оskulyum; 2-poralar; 3-skelet ignachalari;
4-pinaкоsitlar (tashqi qavat); 5-хоаnositlar;
6-kollentidlar; 7-porosit (pora
hosil qiluvchi
hujayra); 8-bo’shliq