A s daminov, B. S. Salimov




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Bog'liq
zoologiya

Kiprikli infuzoriyalar 
sinfiga parazit infuzoriyalardan tashqari birmuncha 
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan simbiont infuzoriyalar ham kiradi. Ayniqsa 
kavshovchi hayvonlarning katta qornida yashovchi Ofrioskoletsida oilasiga kiruvchi 
infuzoriyalar juda diqqatga sazovordir. Bu infuzoriyalarning kiprikchalarining soni 
ancha kamaygan, ular faqat gavdaning oldingi qismida biroz saqlanib qolgan. 


20 
Shuning uchun ham bu infuzoriyalar kam kiprikli infuzoriyalar turkumiga kiritilgan. 
Bunday oftikoletsidlar kavshovchi hayvonlarning oshqozonidagi kletchatkalarni 
parchalashda va dag‘al xashakni hazm bo‘lishiga yordam beradi. Ko‘p miqdordagi 
o‘lgan infuzoriyalar hayvon organizmiga qo‘shimcha ozuqa sifatida shimiladi. 
7- rasm. Infuzoriya tufelkasi – Paramecium caudatum: 
1-kiprikchalar; 2-qisqaruvchi vakuola; 3-hazm vakuolasi; 4-makronukleus; 5- mikronukleus; 6-
og’iz; 7-chiqarish teshigi; 8-qobiq (pellikula) 
10-rasm. Balantidium colining tuzilishi: 
1-kiprikchalari; 2-peristom; 3-hujayrali og’iz; 4-sitofarinks; 5-qisqaruvchi vakuola; 6-hazm 
vakuolalari; 7-chiqarish teshikchasi; 8-mikro nukleus; 9-makro nukleus 
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Nima uchun infuzoriyalarni yuqori darajada rivojlangan sodda hayvonlar 
deb atashadi? 
2. Infuzoriyaning katta va kichik yadrolari qanday vazifa bajaradi?
3. Infuzoriyalar qanday amaliy ahamiyatga ega? 
4. Infuzoriyalarni qanday zararli vakillarini bilasiz?
Uyga vazifa: Ko‘p xujayralilarni o‘qib kelish.
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
KO‘P HUJAYRALI ORGANIZMLAR – Metazoa 
 
Sodda hayvonlardan tashqari hayvonot dunyosiga kiruvchi boshqa barcha 
hayvonlar ko‘p hujayralilar deb yuritiladi. Ko‘p hujayralilar tanasi har xil tuzilgan 
va turli vazifani bajarishga moslashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar 
mustaqil yashash xususiyatiga ega bo‘lmasdan yaxlit organizmning bir qismi 
bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p hujayrali hayvonlarning tuzilishi turli-tuman bo‘lishiga 
qaramasdan ular uchun umumiy xususiyatlar xarakterlidir. Hujayralar soni 
ko‘paygan bilan organizmlar ko‘p hujayralilar deb atalavermaydi. Ba’zi bir 
organizmlar (misol uchun, volvoks) juda ko‘p hujayralardan tashkil topgan, biroq 
hujayralar bir-biridan ajratib yuborilsa mustaqil hayot kechira oladilar. Bunday 
organizmlar kolonial organizmlar deb ataladi. Haqiqiy ko‘p hujayralilarda 
hujayralar 
differensiallashib 
(ixtisoslashib) 
ular 
organizmning 
ma’lum 
funksiyalarni bajarishga moslashadi. Masalan, muskul hujayralari qisqarish 
xususiyatiga ega bo‘lsa, nerv hujayralari ta’sirotlarni sezish va unga javob 
qaytarish xususiyatiga ega. 
Evolyusiya davomida organizmlar yanada mukammallashib, bir necha 
hujayralar to‘plamidan iborat to‘qimalardan tashkil topgan organlar va organlar 
sistemasini hosil qiladi. Rivojlanish mukammallashgan sari bog‘lanish 
(korrelyasiya)qonuniga binoan organlar o‘rtasida bir-biri bilan bog‘liqlik osha 
boradi va nihoyat organizm yaxlit umumiy sistemaga aylanadi. 

Download 4,99 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish