• Tashqi ko’rinishi
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
    18- M A SH G’ U L O T
     
     XORDALILAR TIPI - CHORDATA
    UMURTQALILAR K/TIPI - VERTEBRATA 
    JAG’SIZLAR GURUHI - AGNATHA 
    TO’GARAKOG’IZLILAR SINFI - CYCLOSTOMATA 
    VAKIL - MINOGA - LAMPERTA FLUVIATILIS 
    Darsning maqsadi
    :Daryo minogasi misolida tugarak og’izlilarning 
    tashqi va ichki morfologiyasini o’rganish. 
     
    Kerakli jihozlar:
    Daryo minogasining ho’l preparati, yelka-qorin 
    (dorzoventral) va ichak atrofining ko’ndalang kesimi, rangli va sxematik 
    chizmalar. 
     
    Vazifa 
     
     
    1. Daryo minogasi (Lamperta fluvitilis) yoki buloq minogasi 
    (Lamperta planeri) misolida to’garak og’izlilarning tashqi tuzilishi bilan 
    tanishib chiqish va minoganing umumiy ko’rinishi hamda og’iz 
    apparatining tuzilishi sxemasini chizing. 


    90 
    2.Minoganing bosh miyasining tuzilishini o’rganish va rasmini 
    chizish.
    Tashqi ko’rinishi:
    Ilonsimon tana uch qismdan - bosh, tana va 
    dumdan tashkil topgan. Tana qismlari aniq chegarasiz bir-biriga o’tadi. 
    Boshining ikki yon tomonida bir juft ko’zi, ular orasida toq burun teshigi 
    joylashgan. Boshining ikki yon tomonida yettitadan jabra teshigi bor. 
    Orqa tomonida oldingi va keyingi toq orqa suzgich qanotlari joylashgan. 
    Gavdasining ostida, tana bilan dum qo’shilgan yerda chiqaruv teshigi va 
    siydik tanosil teshigi joylashgan. 
    Teri qoplagichlar yumshoq bo’lib, unda tashqi skeletdan asar xam 
    yo’k. Tana bir qancha hujayrali bezlar bilan qoplangan. 
    Skeleti asosan tog’aydan tashkil topgan. O’q skeleti vazifasini 
    umrbod saqlanadigan xorda bajaradi. Xorda va orqa miya biriktiruvchi 
    to’kimali parda bilan o’ralgan. 
    Bosh skeleti miya qutisi, og’iz oldi voronkasi skeleti va visseral 
    apparat skeletidan iborat. Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va 
    qisman ustidan o’rab turadi.Visseral skelet jabra qutisidan, skeletsimon 
    tog’aydan va ko’z osti yoydan iborat. Jabra qutisining o’zi tog’ay 
    panjarasidan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog’ayi tegib turadi.

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish