• Kerakli jihozlar: Tog’ayli baliqlarning ho’l preparati, tangachalari, ichki tuzilishi namoyish qilingan oq-qora va rangli tablisalar.
  • Tashqi ko’rinishi
  • Teri qoplagichlari
  • Bosh skeleti
  • UMURTQALILAR K/TIPI - VERTEBRATA




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    UMURTQALILAR K/TIPI - VERTEBRATA 
    JAG’LILAR -CINATHISTOMOTA 
    BALIQLAR SINFI - PISCES 
    TOG’AYLI BALIQLAR SINFI - CHONDRYICHTIES 
    PLASTINKAJABRALILARK/SINFI - ELASTMOBRANCHII 
    AKULALAR TURKUMI - SELACHOIDEA 
    VAKIL - KO’PPAK AKULA - SCYLIORHINUS CANICULA 
    Darsning maqsadi:
    Ko’ppak akula misolida tog’ayli baliqlarning 
    morfologiyasi, anatomiyasi va hayot faoliyati bilan tanishish. 
    Kerakli jihozlar:
    Tog’ayli baliqlarning ho’l preparati, tangachalari, 
    ichki tuzilishi namoyish qilingan oq-qora va rangli tablisalar. 
     
     
     
     


    94 
    Vazifa 
     
     
    1). Tog’ayli baliqlarning teri qoplagichlari( plagoid, ganoid, 
    tangachalar) ning tuzilishi va ularga qarab baliqning yoshini aniqlashni 
    o’rganish. Tangachalar rasmini chizish. 
    2). Tog’ayli va suyakli baliqlarning ayrim vakillarining ko’rinishi 
    bilan tanishib chiqish (akula, kambala). 
    3). Tablisa yordamida yordamida baliqlarni turkumga ajratish. 
    Tashqi ko’rinishi: 
    Bo’yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq yoy 
    shaklida bo’ladi, boshining uchida qazgichi bor. Boshining yon 
    ochiladigan sachratqilari bo’ladi. Dumining oldida kloakasi bor. 
    Dumining ustki pallasi kattaroq - geteroserkal tipda. Gavdaning olingi 
    tomonidan va qorin tomonidan juft suzgich qanotlari joylashgan. 
    Erkaklarining qorin suzgich qanotlari bir qismi o’zgarib, kopulyativ 
    organga aylangan. Orqasining keyingi tomonida 2 ta toq orqa suzgich
    qorin suzgich qanotlarining orqa tomonida toq orqa chiqaruv suzgich 
    qanoti bo’ladi. Og’zi boshining pastida ko’ndalang joylashgan. 
    Og’zining ustki tomonida bir juft burun teshigi bor.
    Teri qoplagichlari
    : Epidermis ko’p qavatli, bir hujayrali bo’lib, bir 
    hujayrali bezlarga boy, chin teri tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. 
    Terisi tog’ay plakoid tangachalar bilan qoplangan. Plakoid tangachalar 
    jag’ga o’tar ekan, chin tishlarga aylanadi. Bosh bilan tananing ikki yon 
    tomonida yon chiziq sezuv organi bor. 
    Skeleti
    : faqat tog’aydan iborat bo’lib, o’q skelet, bosh skelet, juft 
    suzgich qanoti va toq suzgich qanotlar skeletiga bo’linadi.
    O’q skelet bir necha umurtqalarning o’zaro qo’shilmasidan umurtqa 
    pog’onasini hosil qiladi.
    Bosh skeleti:
    miya qutisi va visseral skeletdan tashkil topgan. Juft 
    suzgich qanotlar skeleti suzgich qanotlarining erkin va kamar suzgich 
    qanotlar skeletidan iborat.
    Nerv sistemasi:
    nisbatan katta 5 bo’limdan - oldingi, o’rta, oraliq, 
    miyacha va uzunchoq miyadan tashkil topgan. Bosh miyadan 10 juft 
    nerv chiqadi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish