• Darsning maqsadi: Sazan balig’i misolida suyakli baliqlarning morfologiyasi, anatomiyasi, ko’payishi va rivojlanishi bilan tanishib chiqish. Kerakli ashyolar
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

     
     
    20-M ASH G’ U L O T
     
     
    XORDALILAR TIPI - CHORDATA 
    UMURTQALILAR K/TIPI - VERTEBRATA 
    JAG’LILAR - CINATHOSTOMATA 
    BALIQLAR K/SINFI - PISCES 
    SUYAKLI BALIQLAR SINFI - OSTEICHTYES 
    VAKIL - SAZAN BALIG’I - CYPRININA CAPRIO
    Darsning maqsadi:
    Sazan balig’i misolida suyakli baliqlarning 
    morfologiyasi, anatomiyasi, ko’payishi va rivojlanishi bilan tanishib 
    chiqish. 
    Kerakli ashyolar:
    Sazan balig’ining ho’l preparati, tangachalari, 
    tasvirlangan oq-qora va rangli tablisalar. 


    98 
    Vazifa
    1). Suyakli baliqlarning teri qoplagichi ( suyak tangachalar) ning 
    tuzilishiga qarab baliqni yoshini aniqlashni o’rganish. Tangachalarning 
    rasmini chizish. 
    2). Sazan balig’ini tashqi ko’rinishi, ichki organlar topografiyasini 
    o’rganish va rasmini chizish. 
    3). Tog’ayli va suyakli baliqlarning bosh miyasini solishtirib 
    o’rganish, farqlarini aniqlash va rasmlarini chizish. 
     
    Tashqi tuzilishi
    : Gavdasining shakli har xil bo’ladi. Sazanning ustki 
    ensa bo’limi, yon tomonlaridan bir muncha qisilib do’nglik (burma) 
    hosil qilgan. Boshining ikki yon tomonida jabra kopqoqlari joylashgan. 
    Orqa chiqaruv teshigi dum bo’shlig’ining oldingi chegarasidir. Orqa 
    chiqaruv teshigi ning bevosita orqa tomoniga o’rnashgan siydik tanosil 
    so’rg’ichida jinsiy teshigi va uning orqasida siydik teshigi ochiladi. 
    Gavdasining ikki yon tomonida ko’krak juft suzgich qanotlar
    qorin suzgich qanotlari esa tana bo’limining qorin qismi o’rtasida 
    joylashgan. Toq suzgich qanotlari bittadan, ular orqa, dum va orqa 
    chiqaruv (anal) suzgich qanotlaridan iborat. 
    Butun tanasi suyak tangachalar bilan qoplangan. Suyak tangachalar 
    cherepisalar kabi bir-birining ustida yotadi,to’g’ri qator bilan
    joylashgan. 
    Har qaysi tangacha birmuncha yumaloqlashgan plastinka shaklida 
    bo’lib,oldingi asosiy qismi teri ichiga botib kiradi. Bunday tangacha 
    sikloid tangacha deb yuritiladi. 
    Suyakli baliqlarda dum suzgich qanot gomoserkal tipda, ya’ni 
    dumning xar ikki pallasi barobar. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish