99
Eshitish organi faqat ichki quloqdan iborat va baliqlarning o’zaro
aloqasida katta rol o’ynaydi. Ko’pchilik baliqlar tishlarini g’ijirlashtirib,
kanotlarini ishqalanishi natijasida ovoz chiqaradi.
Bundan tashkari yon chiziq organi teri ostida kanal hosil qiladi.
Yon chiziq organi odatda suvning oqimi, bosimini aniqlaydi.
Ovqat hazm qilish organi
: Og’iz bo’shlig’idan, uning ichida
joylashgan konussimon tishlar bor. Tishlar og’izdagi
ovqatni ushlab
turib hazm qiladi. Tili yo’k.
Og’iz halqumdan ovqat qizilungachga, oshqozonga ochiladi.
Oshqozondan
chiqqan ichak takomillashgan, unda spiral klapan yo’q,
uning o’rniga pilorik o’simtasi bor. Ichak bogshiga taloq o’rnashgan.
Jigarida o’t pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak tutgich bo’ylab
tarqalgan.
Nafas olish organlari:
jabra bilan nafas oladi. Jabra yoriqlari ustki
tomondan qopqoq yopib turadi.
Nafas olish aktiv, jabra qopqoklarining
harakati va suvni jabra
bo’shlig’iga yutish hamda undan tashqariga itarib chiqarayotgan
og’izning xarakati tufayli yuzaga keladi.
Qon aylanish sistemasi:
Yuragida arterial konus yo’q.
Qorin
aortasining oldingi qismi kengayib, aorta so’g’onini hosil qiladi. Jabralar
4 juft bo’lgani sababli jabraga olib keluvchi va jabradan olib ketuvchi
arteriyalar ham 4 juft bo’ladi. Venoz sistema
uchun faqat chap kordial
venasi buyrak qopqa sistemasini hosil qilishi xarakterlidir.