A s daminov, B. S. Salimov




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana13.05.2024
Hajmi4,99 Mb.
#228396
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Bog'liq
zoologiya

 
Tashqi tuzilishi:
Baqa bosh, tana, bir juft oldingi va bir juft orqa oyoq 
qismlaridan tashkil topgan. Tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi 


104 
boshga qo’shilib ketadi. Ularda bo’yin deyarli bo’lmaydi. Tanasi 
yalangoch teri bilan qoplangan, shox, suyak tangachalar bo’lmaydi. 
Epidermisda ko’p hujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi 
bezlar ko’p. Bu bezlar terini qurib qolishdan, zararli mikroorganizmlar 
bilan zaharlanishdan saqlaydi, ba’zilarida himoya uchun hid ham 
chiqaradi. 
Baqaning terisi boshidan oyog’igacha gavdaga yopishmagan 
bo’lib, shu joylarda limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar bo’ladi. 
Skeleti :
bosh, umurtqa pog’onasi, erkin oyoqlar va ularning 
kamar skeletidan tashkil topgan. Umurtqa pog’onasi bo’yin, tana, 
dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. Bo’yinda faqat bitta umurtqa 
(corvicalis) bor. Tana umurtqalari 7 ta bo’lib, oldingi tomondan botiq
orka tomoni bo’rtib chiqqan - prosel tipda bo’ladi. Qovurg’alari yo’q. 
Dumg’aza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Dum umurtqalari bir-
biriga qo’shilib, dum suyakchasi - urostilni hosil qiladi. 
Bosh skeletining miya qutisi asosan tog’aydan tuzilgan. Miya 
qutisining qoplovchi suyaklari bir-biriga qo’shilib ketgan. 
Tepa, peshona suyagi, burun suyagi, keyingi tomondan o’rab 
turuvchi tangacha suyaklari va miya qutisining tagi hosil qiladigan 
parasfenoid va juft dimog’ suyaklari kiradi. 
Visseral skeletning tanglay va qanotsimon suyaklari ham bosh 
skeleti tagini hosil qilishda ishtirok etadi. Ustki jag’ vazifasini jag’ 
oraliq va ustki jag’ suyaklari bajaradi. 
Harakat organlar skeleti ikki qismdan, oldingisi yelka kamari va 
erkin qo’l skelet suyaklari, orqadagisida chanoq va erkin oyoq skelet 
suyaklaridan tashkil topgan. 
Yelka kamari yoy shaklida bo’lib, kurak usti tog’ayi, kurak suyagi 
karokoid va prokarokoiddan tashkil topgan. Yoy o’rtasida to’sh suyagi, 
to’sh oldi suyagi bor.
Chanoq kamari juft yonbosh, qo’ymich suyaklaridan va tog’ay 
holiga kelgan qov elementlaridan iborat. 

Download 4,99 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish