105
Nerv sistemasi.
Bosh miyasi ancha progressiv belgilar bilan
xarakterlanadi. Oldingi yarim sharlar nisbatan katta va bir-biridan
ajralgan. O’rta miya nisbatan kichik, miyacha juda kichik. Bosh
miyadan 10 juft bosh nervlar chiqadi.
Orqa miya yaxshi rivojlangan, yelka va chanoq tugunlarini hosil
qilgan bo’lib, oyoqlarni idora qiladi.
Sezgi organlari:
progressiv taraqqiy etgan. Ichki quloq
murakkablashib, o’rta quloq bo’shlig’i hosil bo’lgan. O’rta quloq tashqi
tomondan nog’ora parda bilan o’ralgan.
Ko’zining shox pardasi burtiq, gavhari linzasimon shaklda bo’ladi.
Ko’zni himoyalovchi qovoq bor. Tashqi va ichki burun teshiklari bo’lib,
ular hid bilish vazifasini o’taydi.
Itbaliqlarda yon chiziq organ bo’ladi.
Hazm organi:
serbar og’iz-halqum bo’shlig’iga ochiladi. Og’iz-
halqum bo’shlig’ining tagida til joylashgan. Tilning uchi og’iz turiga
qarab qayrilgan. Til shilimshik modda ajratadi, . doim xul, u
hasharotlarni ushlash uchun moslashgan. Jag’ oraliq, ustki jag’ va
dimog’ suyaklarida uchi bir oz orqa tomonga qaragan tish joylashgan.
Og’iz-halqum bo’shlig’i bir oz torayib, qizilungachga, u oshqozonga
ochiladi. Ichagi baliqlarnikiga nisbatan uzunroq, katta jigarning ut
pufagi va oshqozon osti bezining chiqarish yo’llari ichakning keyingi
qismi - kloakaga ochiladi.
Nafas olish organlari.
Voyaga yetgan baqa o’pka va terisi bilan
nafas oladi. O’pka juft ingichka devorli chuqurchali xaltachadan iborat.
Teri orqali nafas olish kuchli (51% kislorod olinib, 86% karbonat
angidrid chiqaradi). Tashqi burun teshiklari, xoanalar, xiqildok traxeya
kamerasi va o’pka nafas yo’llarini tashkil etadi.
Baqalarda ko’krak qafasi yo’qligi sababli nafas olish o’ziga xos
yo’l bilan amalga oshadi. Og’iz bo’shlig’ini pastki jag’ni ochib havoga
to’ldiradi, bu vakt ichida burun klapanlari burun teshigini yopadi, keskin
pastki jag’ni ko’tarilishi havoni o’pkaga haydaydi.