• Ayiruv organlari
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Qon aylanish sistemasi
    . Yurak uch kameradan - 2 ta yurak 
    bo’lmasi va bitta yurak qorinchasidan iborat. Ikkala yurak bo’lmasi 
    yurak qorinchasi bilan bitta umumiy teshik orqali tutashadi, o’ng yurak 
    bo’lmasi bilan venoz sinus, yurak qorinchasidan keyingi arterial konus 
    joylashadi. Arterial konusdan 3 juft arteriya yoylari chiqadi. Birinchi 
    juftli baliqlarning jabraga olib keluvchi arteriyalarining birinchi jufti 


    106 
    bo’lib, uyqu arteriyasi deyiladi va arterial qonni bosh qismiga olib 
    boradi. Uyqu arteriyasi arterial konusning qorin tomonidan chiqadi. 
    Ikkinchi juft chap va o’ng aorta yoylari deyiladi. 
    Aorta yoylaridan oldin oyoqlarga arterial qon olib boruvchi umrov 
    osti arteriyalari chiqadi. Chap va o’ng aorta yoylari yurakdan pastroqda 
    o’zaro qo’shilib, toq orqa aortani hosil qiladi va xamma ichki organlarni
    va keyingi oyoqlarni qon bilan ta’minlaydi.
    Venoz qon gavdaning keyingi qismidan va orqa oyoqlaridan 
    buyrakning bir juft qopqoq venasi bilan bitta qorin venasiga yig’iladi. 
    Buyrakdan chiqqan qon keyingi kavak venani hosil qiladi. Keyingi
    kavak vena, qorin venasi va bir juft jigar venasi bilan birlashib, vena 
    sinusiga ochiladi. 
    O’pkalardan toza arterial qon o’pka venasi nomi bilan chap yurak 
    bo’lmasiga qo’yiladi. Yurak bo’lmalarining qisqarishidan qon umumiy 
    teshik orqali yurak qorinchasiga o’tadi. 
    Shunday qilib, amfibiyalarda 2 ta qon aylanish doirasi farq 
    qilinadi: 
    1. Katta qon aylanish doirasi: 
    Yurak-arteriya kapillyarlari bo’ylab butun tanaga kapillyarlar orqali 
    vena bilan o’ng yurak bo’lmasiga. 
    2. Kichik qon aylanish doirasi: 
    Yurakdan o’pka kapillyar-arteriyasi va undan kapillyar o’pka venasi va 
    chap yurak bo’lmasiga. 
    Ayiruv 
    organlari

    voyaga 
    yetganlarida 
    tana-buyrak 
    mezonefrosidan iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li, siydik pufagi 
    orqali kloakaga ochiladi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish