100
1.
Sho’laqanotlilar.
2.
Chutkaqanotlilar.
3.
Ikki xil nafas oluvchilar.
Sho’laqanotlilar 4 ta katta turkumga bo’linadi:
1.
Tog’ayli ganoidlar.
2.
Suyakli ganoidlar.
3.
Suyakdor baliqlar.
4.
Ko’p qanotlilar.
Hozirgi baliqlarning 90% i suyakdor baliqlar k\turkumiga
talluqlidir. Bularning asosiylari:
A. Seldsimonlar.
B. Karpsimonlar.
V. Ilonbaliqlar.
G. Cho’rtansimonlar.
D. Olabug’asimonlar.
Ye. Treskasimonlar.
Suv muhitining ham har xilligini hisobga olganda baliqlarni uchta
ekologik guruhga bo’lish mumkin.
1.
Pelagik. 2. Abissal. 3. Litoral.
Pelagik baliqlar suv bag’rida, abissallar suv qirg’oqlari va tubi bilan
bog’langan, ular suv tubida, katta chuqurlikda yashashadi.
Skeleti:
asosan
suyakdan tashkil topgan, qisman suyakdan tashkil
topganlari ham asta-sekin suyakka aylanadi.
Ba’zi suyaklar tog’ay to’qimaning o’rnini suyak to’qima olish bilan,
boshqa birlari esa terining biriktiruvchi to’qimasining rivojlanishidan
hosil bo’ladi.
Shu sababli birinchisi asosiy, ikkinchisi qoplovchi
suyaklar deb yuritiladi.
Bosh skeleti bosh miyani va sezgi organlarini himoyalovchi qutidan
tashkil topgan. Bosh skeletining yuqori qismi juft burun, peshona, ensa
suyaklaridan iborat. Paski qismi soshnik,
parasfenoid va asosiy
suyakdan iborat. Oldingi qismi sezgi organlarini himoyalovchi
kapsuladan,yon tomondan ko’zni himoyalovchi bir qancha (odatda 5 p)
quloq va muvozanat suyakdan tashkil topgan.
Visseral skelet bir qancha jabra yoyidan va ovqat hazm qilish
organlarining himoyalovchi suyaklardan iborat.
Umurtqa pog’onasi bir qancha ikki tomonlama bo’rtiq - amfisel
umurtqadan iborat bo’lib, ikki umurtqa orasida xorda qoldig’i saqlangan.
101
Harakat organi skeletlari odatda toq (yelka, anal, dum)
va juft
(ko’krak va qorin) suzgich suyaklaridan iborat. Rasm 10.11. 12
55-rasm. Okun balig’i skeleti.
1.
Suzgich nurlari; 2. Suzgich nurlari asosi; 3 Umurtqa pog’onasi
4.
Jabra qopqog’i; 5.Ko’z kosasi; 6. Ko’krak so’zgichi; 7. Yelka kamari
8.
Qorin so’zgichi; 9.
Tos kamari; 10.Yelka so’zgichi;11. Anal so’zgichi
12.Dum so’zgichi