113
umurtqalarining ostida joylashgan. Tuxum yo’lining oldingi uchi tana
bo’shligiga, keyingi uchi esa kloakaga ochiladi.
Urug’langan tuxumda oq moddaning yo’qligi qushlar tuxumidan
farqini ko’rsatadi. Tuxumda qattiq pustloq bo’lmay, terisimon parda
bilan qoplangan. Urug’lanishi ichki.
Sistematikasi:
Hozirgi zamon sudralib yuruvchilari 4 turkumga
bo’linadi:
1.
Xartumboshlilar turkumi asosan eng qadimgi, ko’pchiligi o’lib
ketgan vakillarni o’z ichiga oladi. Xozirda faqat Yangi Zelandiya
va unga yaqin orollarda tarqalgan bitta tur Gatteriya saqlangan.
2. Tangachalilar turkumi. Tangachalilar hozirgi sudralib yuruvchilar
ichida eng ko’p sonli gurux bo’lib hisoblanadi.
Bu turkum 3 kenja turkumga bo’linadi.
a) Kaltakesaklar. b) Ilonlar. v) Xamilionlar.
3.Toshbaqalar turkumi.
4.Timsoqlar turkumi.
NAZORAT SAVOLLARI.
1
Sudralib yuruvchilarning teri qoplami qanday tuzilgan?
2 Reptiliyalarning nerv sistemasi qanday tuzilgan?
3 Sudralib yuruvchilarning nafas olish organi bo’lib nima xizmat qiladi?
4 Tez kaltakesakning ovqat hazm qilish sistemasini tushuntirib bering.
5 Sudralib yuruvchilar sinfining ko’payishi va rivojlanishini aytib
bering.
6 Sudralib yuruvchilarning sistematikasini ayting.