114
23-MASHG’ULOT
XORDALILAR TIPI -CHORDATA
UMURQALILAR TIPI -VERTEBRATA
QUSHLAR SINFI -AVES
VAKIL - KUK KAPTAR - COLUMBA LIVIA
Darsning
maqsadi:
Kuk
kaptar
misolida
qushlarnining
morfofiziologik
tuzilishini,
uchishga
moslanish
xususiyatlarini
o’rganish.
Kerakli jihozlar:
Kaptar po’stagi, skeleti, aloxida patlar, ichki
organlariga doir preparat, tuxum, penset, lupa rangli jadvallar.
Vazifa
1). Qushlarning tuzilishini o’rganish, ularda sudralib yuruvchilarga xos
bo’lgan belgilarni topish skelitini chizish.
2). Kaptar (Columbia livia) ni skeletini o’rgshanish. Skeletida
uchishga moslashganlik belgilarini topish.
3). Qushlarni ichki tuzilishini o’rganish va rasmini chizish.
4). Kafedradagi qushlar kolleksiyasi bilan tanishib chiqish.
Tashqi tuzilishi
: Kaptar tashqi tomondan bosh, bo’yin, tana va oyoq
qismlaridan tashkil topgan. U ustki tomondan pat bilan qoplangan. Pat
tuzilishiga va funksiyasiga ko’ra qoplovchi va kontur patlariga ajratiladi.
Kontur patlarining o’zi esa katta va kichik qoquv patlariga bo’linadi.
Kontur patlarning tagida mayda parsimon patlar joylashagan. Kontur
patlarda pat tanasi tashqi yelpig’ich, pat o’ki, kalam uchi, qalam uchi
teshigi , pat qalpoqchalaridan tashkil topgan. Qushlarning patlari juda
yengil, pishiq va havo bilan issikliqni yomon o’tkazadigan, osonlikga
xo’l bo’lmaydigan qoplagichdir. Qushlarning patlari bir yilda bir yoki
ikki marta to’kiladi, qisman yoki to’liq tulash bilan yangilanadi.