115
tumshuqni hosil qilgan shox qismlari bor. Barmoqlar uchidagi tirnoqlar
ham shular jumlasiga kiradi.
Skeleti:
Qushlarning skeleti tubandagi beshta bo’limdan : uq
skeleti, ko’krak qafasi (tush qovurg’a), bosh skeleti, oyoq skeleti va ular
kamarining skeletiga bo’linadi. O’q skeleti yoki umurtqa pog’onasi 4 ta:
bo’yin, ko’krak, dumg’aza va dum qismlariga bo’linib, voyaga yetgan
qushlarda bel dumg’aza turkumiga kirib ketadi.Qushlarning bo’yni
nixoyatda xarakatchan, sababi umurtqalararo biriktiruv yuzasining
egarga o’xshab tuzilganligidan bo’lib xisoblanadi.
Faqat qushlargagina
xos bunday tuzilish geteroserkal umurtqalar deb yuritiladi. Bo’yin
qovurg’alari rudimentlashib, umurtqa pog’onasi bilan xam, ko’ndalang
o’simta bilan xam qo’shilagan. Natijada,
umurtqaning ikki tomonida
kanal hosil bo’lib, uning ichiga umurtqa arteriyalari o’rnashgan. Oxirgi
ikki bo’yin umurtqasi bunga kirmay, ularning tush suyagiga yetmagan
erkin qovurg’alari bor.
Ensa birikmasi birikadigan bitta birikuv chuqurchasi bor
xalqasimon atlant yoki atlas va epistrofeyning tuzilishi o’ziga xos. Shu
bilan birga tishsimon o’simta epistrofey tanasiga qo’shilib ketgan bo’yin
umurtqalarining soni
har xil qushlarda turli sonda, 9 tadan 25 gacha,
kaptarlarda 14 ta bo’ladi. Ko’krak umurtqalari kaptar va qorg’ada 5
ta,boshqa turlarda 3 tadan 10 tagacha, harakatchan bo’yin umurtqalarga
nisbatan bir-biriga va dumg’azaga qo’shilib ketgan. Ularning har
qaysisida bir juftdan qovurg’a bo’lib, bu qovurg’alar tushga xarakatchan
birikgan. Har qaysi qovurg’a suyagi ikki- orqa va qorin bo’limidan
tuzilgan. Shuning uchun tush nafas olish paytida ma’lum muskullarning
qisqarishi tufayli dum umurtqa pog’onasiga yaqinlashadi,dam
uzoqlashish imkoniyatiga egaligidan amalga oshadi. To’sh suyagi juda
katta bo’lib, shaklan serbar plastinkaga o’xshaydi.
Uchuvchi qushlarda
esa tush suyagining pastida ko’krak tush suyagi yuzaga kelgan. Umurtqa
pog’onasining ko’krak bo’limidan so’ng dumg’aza keladi. Ularning soni
14 ta bo’ladi: harakat organlar skeleti yelka, chanoq kamaridan va erkin
oyoq suyaklardan tashkil topgan. Yelka kamari ko’rak, karakoid va
umrov suyaklaridan tashkil topgan. Ko’krak qushlar uchun xarakterli
bo’lib, qilichsimon shaklga ega bo’lib, ko’krak qafasining ustidan o’tib,
karakoid suyagiga qo’shiladi. Karakoid katta va baquvvat suyakdan
iborat.
Uning bir uchi yelka kamariga, ikkinchi uchi esa tush suyagiga
xarakatchan tarzda qo’shiladi. Ikkita umrov suyagining pastki qismi bir-
116
biri bilan qo’shilib, qushlar uchun xarakterli bo’lgan toq yoy suyagi ayri
suyakni hosil qiladi. Yelkasi katta baquvvat yelka suyagidan, tirsak va
bilak suyakdan iborat kaft suyaklari qo’shilib, kaft-bilakuzuk suyagini
hosil qiladi. Barmoqlaridan faqat 3 tasi saqlanib kolgan. 1-barmoq 1 ta,
ikkinchisi 2 ta, 3-si 1 ta falangadan tashkil topgan.Qanotdagi
barcha
suyaklar qanotni yig’ish va yoyishga qulay tipda bir-biri bilan birikkan.
Chanoq kamari yonbosh qo’ymich, qov suyaklaridan tashkil topgan
bulib, tanani tik tug’ish, qattiq qobiqli tuxum tugish qobiliyatiga ega
bo’lishdan iborat.
Orqa oyoqlari 3 ta asosiy bo’limdan: son, boldir, oyoq panjalaridan
tashkil topgan. Orqa oyoqda 4 ta barmoqlari bo’ladi, 3 tasi oldinga, 1tasi
orqaga qaratilgan bo’ladi.
Qushlarning bosh skeleti 2 qismdan: miya qutisi - neyrokranium va
yuz skeleti - splanxnokraniumdan iborat.
Qushlarda til osti apparati bo’lib, u suyakdan tuzilgan. Tana, uning
oldingi o’simtasi va shoxchadan tuzilgan. Eshituv kapsulasi ham 3 ta
quloq suyagidan iborat.