• Qon aylanish sistemasi
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Nafas olish organlari:
    o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, ko’proq 
    uchishga moslashgan. Og’iz bo’shligi to’ridagi tirkish xiqildoqqa 
    ochiladi. Xiqildoqni uzuksimon tok va ustki xiqildoq traxeyaga ochiladi. 
    Traxeya ko’krak bo’shlig’ida ikkita bronxga bo’linadi. Shu joyda pastki 
    xiqildoq joylashadi va suyak xalqalar bilan ushlab turiladi. Pastki 
    hiqildoq ovoz apparati vazifasini bajaradi. Bronxlar o’pkaga kirgandan 
    keyin shoxlanadi va bronxiolalarni hosil qiladi. Ba’zi bir 
    bronxshoxchalar o’pkadan chiqib, qushlar uchun harakterli havo 
    xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltalari qushlarning nafas olishida 
    katta rol o’ynaydi. Qushlar nafas olganda havo o’pkadan xaltachalarga, 
    chiqarilganda xaltachalardan o’pkaga havo boradi. Demak, bir marta 
    olingan havodan qushlar ikki marta nafas oladi. Lekin havo 
    xaltachalarida gaz almashinmaydi. 
    Qon aylanish sistemasi: 
    qushlarning yuragi 4 kamerali - 2 ta 
    yurak bo’lmasi va 2 ta yurak qorinchasi bo’lib, arterial va venoz qon 
    gavdada aralashmaydi. 
    Qushlarda 
    modda 
    almashinishi 
    haddan 
    tashqari 
    intensiv 
    bo’lganligi uchun yurak nisbatan katta bo’ladi. Chap yurak 
    qorinchasidan bitta o’ng aorta yoyi chiqadi. Bu o’zidan juft ismsiz 
    arteriyani ajratadi. Ismsiz arteriyalarning har biri o’z navbatida uyqu, 


    118 
    umrov osti va ko’krak arteriyalarini beradi. Ko’krak arteriyasi 
    muskullarga boradi. Aorta yoyining o’zi esa o’ngga burilib, orqa aortani 
    hosil qiladi. Venoz qon gavdaning bosh qismidan juft buyintiriq 
    venalarga tuplanadi. Dum venasi ikkita buyrak qopqa buyrak venalari 
    qo’shilib, tok keyingi kavak venani hosil qiladi. Oldingi juft va keyingi 
    toq kavak venalar o’ng yurak bo’lmasiga qo’yiladi. O’ng yurak 
    qorinchasidan o’pka arteriyasi venoz qonni o’pkalarga olib boradi. 
    O’pkadan arterial qon o’pka venasi nomi bilan kelib, chap yurak 
    venasiga quyiladi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish