117
moslatishga qushlarning ko’rishi uchun xarakterlidir. Bunga ikki
tomonlama akkomodasiya deyiladi.
Ovkat hazm qilish organlari:
og’iz bo’shlig’idan boshlanadi.
Hozirgi zamon qushlarining og’zida tishlar yo’q. Jag’larning o’tkir
qirrali sox tumshuqlar qoplab turadi. Og’iz bo’shlig’ining pastki
tomonida til joylashgan. Og’iz bo’shlig’i qizilo’ngachga ochiladi.
Qizilo’ngachning o’rta qismi kengayib, jig’ildonni hosil qilgan,
jig’ildonda oziq vaqtincha saqlanadi va so’lak orqali ho’llanib,
yumshaydi. Jo’jalarni boqish vaqtida jig’ildon devorlaridan "sut" deb
yurgiziladigan suyuqlik ishlab chiqariladi va jo’jalar shu suyuqlik bilan
ma’lum payt oziqlanadi. Qizilo’ngach bezli oshqozonga, u muskulli
oshqozonga, undan 12 barmoqli ichakka, u esa yo’g’on ichakka ochiladi.
Ingichka ichak bilan yo’g’on ichak orasida ko’r ichak joylashgan.
Yo’g’on ichak to’g’ridan-to’g’ri kloakaga ochiladi. Qushlarda to’g’ri
ichak bo’lmaydi. Kloakaning ustki devorida fabrisiy xaltasi bo’lib, unda
ovqat tarkibidagi namlik so’riladi. Oshqozonosti bezining shirasi 12
barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlar jigarida o’t po’fagi bo’lmaydi.