• Kerakli jihozlar
  • Teri qoplagichlari
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    24- M A SH G’ U L O T
    XORDALILAR - CHORDATA 
    UMURTQALILAR K/TIPI - VERTEBRATA 
    SUT EMIZUVCHILAR SINFI - MAMMALI 
    VAKIL - QUYON - ORISTOLAGUS CUNICULUS,
    PHLOEOMUS 
     
    Darsning maqsadi
    : uy quyoni yoki kalamush misolida sut 
    emizuvchilarning morfofiziologik tuzilishini o’rganish. 
    Kerakli jihozlar:
    uy kalamushi yoki kalamushning po’stagi, skeleti, 
    ho’l preparati, teri hosilalari, turli xil sut emizuvchilar tasviri tushirilgan 
    plakatlar. 


    122 
    Vazifa:
    Quyon yoki kalamush misolida sut emizuvchilar sinfining tashqi 
    tuzilishdagi xarakterli xususiyatlar bilan tanishib chiqish.Ularni qushlar 
    va sudralib yuruvchilardan farqini bilib olish. 
    2.Sut emizuvchilar terisining mikroskopik tuzilishini o’rganish va 
    rasmini chizish. 
    3.Quyon yoki kalamush misolida sut emizuvchilarning ichki 
    tuzilishini o’rganish va organlar topografiyasini chizish. 
    4. Sut emizuvchilar skeletining xarakterli xususiyatlari bilan tanishib 
    chiqish. 

    Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari: 
    1.Bosh miyasi katta, yuqori darajada tuzilgan oliy nerv sistemasiga ega. 
    2.Differensiallashgan tish sistemasiga ega. 
    3.Issiq qonli, yuragi 4 kamerali, tanasi jun bilan qoplangan, 
    termoregulyasiya xususiyatiga ega. 
    4.Tirik tug’ar, bolasini sut bilan boqadi. 
    Teri qoplagichlari:
    Murakkab tuzilgan va xilma-xil vazifalarni 
    bajaradi. Terisi tashqi epidermis va pastki chin teridan iborat. 
    Epidermisning pastki qatlami tirik qoplovchi hujayralardan, ustga 
    borgan sayin hujayra yassi shaklni olib, hujayra o’ladi, natijada shox 
    qatlamni hosil qiladi. Eng ustki o’lik hujayralar kepak sifatida tushib 
    turadi. 
    Epidermisdan har xil teri hosilalari - soch, tirnoq, changal tirnoq, 
    tuyoq, kavak shox, tangacha va bezlarni beradi. Sut emizuvchilarning 
    chin terisi asosan qon tomirlariga boy bo’lgan tolali biriktiruvchi 
    to’qimadan va teri osti kletchatkasidan iborat. Teri osti yog’ qatlami 
    ayniqsa,kitsimonlarda, sovuq iqlimda yashovchi darajalarda va qishda 
    uyquga ketuvchi sut emizuvchilarda yaxshi taraqqiy etgan.
    Skeleti.
    Umurtqa pog’onasi besh bo’limga - bo’yin, ko’krak, bel, 
    dumg’aza va dum bo’limlariga bo’linadi. Umurtqa tanasi yassiroq
    bunday umurtqa platisel umurtqa deyiladi. Bo’yin bo’limida 7 ta 
    umurtqa bo’lib, birinchisi atlas, ikkinchisi efstrofiya deyilib, tipik 
    amniotalarniki singari tuzilgan bel bo’limida 2 ta dumg’aza, 4 ta dum 
    umurtqalar soni o’zgaruvchan. Sut emizuvchilarning bosh skeleti miya 
    qutisidan va bet skeletidan iborat. Miya qutisi ancha katta - ustki jag’, 


    123 
    yonoq va tangacha suyaklaridan, ensa bo’rtmasi bilan xarakterlanadi. 
    Pastki jag’ faqat bir juft tish suyagidan tashkil topgan. Yelka kamari 
    orqa tomondan tarog’i bo’lgan uchburchak shakldagi kurak, karakoid va 
    o’mrov suyaklaridan tashkil topgan. Chanoq kamari ikkita ismsiz 
    suyakdan iborat bo’lib, bularning har biri yonbosh, qov va qo’ymich 
    suyaklarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Erkin oyoqlar skeleti quruqda 
    yashovchi umurtqali hayvonlardagi singari tipik tuzilishga ega. Lekin 
    yashash sharoitiga qarab keskin o’zgargan bo’lishi mumkin. Keyingi 
    oyog’ida sut emizuvchilarga xos bo’lgan to’piq suyagi va tizza kosasi 
    suyagi bo’ladi. 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish