Muskul sistemasi: takomillashgan va xilma-xildir. Ko’krakni qorin
qismidan ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli bor. Yuz
qismiga mimika muskullari ham ba’zi bir turlarida yaxshi rivojlangan.
Nerv sistemasi va sezuv organlari: Bosh miya oldingi miya yarim
sharlari va miyacha hisobiga nihoyatda kattalashib ketgan. Oldingi miya
yarim sharlari miya gumbazi yoki neopallum deb ataladigan miya
po’stlogi, ya’ni kul rang miya moddasi bilan qoplangan. Miya
po’stlogida oliy nerv faoliyatining markazi joylashgan. Oldingi miya
yarim sharlari bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan 48-75% ni
tashkil etadi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Sezuv
organlaridan hid bilish sistemasi yaxshi rivojlangan bo’lib, u talaygina
panjara chig’anoqlaridan iboratmurakkab burun labirintini hosil qiladi.
Eshitish organi uch qismdan - ichki, o’rta va tashqi qismlardan iborat
bo’lib, juda yaxshi rivojlangan. O’rta quloq 3 ta - o’zangi, sangdon va
bolg’acha suyaklaridan tuzilgan. Ko’rish organi boshqa sezuv
organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan, ko’z tarog’i yo’q va
akkomodasiya hodisasi kipriksimon muskulning qisqarishi va ko’z
gavhari shaklining o’zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Ovqat hazm qilish kanali og’iz
bo’shlig’idan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining oldingi tomonida
go’shtdor lablari bo’ladi. Og’iz bo’shlig’i bilan lablar orasida jag’ning
tashqi tomonida lunj bo’ladi.Jag’ suyaklaridagi maxsus chuqurchalar -
alveolalarda tishlar joylashadi. Tishlar bajarayotgan funksiyalarga
qarab- kurak, keskich, yolg’on oziq va haqiqiy oziq oziq tishlariga
bo’linadi. Og’iz to’rida go’shtdor til joylashgan. Og’iz bo’shlig’ida
so’lak bezlarining chiqarish yo’li ochiladi, keyin qizilo’ngach, undan
keyin esa oshqozonga, ichak oshqozondan boshlanib, ingichka, yo’g’on
124
ichak va to’g’ri ichaklarga bo’linadi. Ingichka va yo’g’on ichak
chegarasida ko’richak chiqadi.