• Qon aylanish sistemasi
  • Ajratish va ko’payish organlari.
  • A s daminov, B. S. Salimov




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/100
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,99 Mb.
    #228396
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
    Bog'liq
    zoologiya

    Nafas olish organlari 
    : Gaz almashinish qushlarniki singari 
    o’pkadan. Teri orqali 1% kislorod qon tomirlariga kiradi. Hiqildoq 
    traxeyaga ochiladi. Traxeya ikkita bronxga ajraladi va o’pkalarga kiradi. 
    Bronxlar o’pkaga kirgach, mayda naychalarga shoxlanadi va oxirida 
    alveol pufakchalar hosil qiladi. Nafas olish akti ikki yo’l bilan o’tadi: 
    bir tomondan qovurg’alararo muskulning faoliyati tufayli, ikkinchi 
    tomondan diafragma pardasining yuqoriga ko’tarilishi va pastga tushishi 
    natijasida ko’krak qafasining hajmi o’zgaradi. 
    Qon aylanish sistemasi
    . Yuragi qushlarning yuragi singari 4 
    kamerali bo’lib, katta va kichik qon aylanish doiralari to’liq ajralgan. 
    Chap yurak qorinchasidan toq chap aorta yoyi chiqadi. Odatda chap 
    aorta yoyidan ismsiz arteriya chiqib, o’ng o’mrov osti arteriyasi hamda 
    uyqu arteriyasiga ajraladi, chap o’mrov osti arteriyasi aorta yoyidan 
    mustaqil chiqadi. Orqa aorta umurtqa pog’onasining ostida joylashadi va 
    ichki organlarga qon tomirlar ajratadi. 
    O’ng yurak qorinchasidan venoz qon o’pka arteriyasi bilan 
    o’pkalarga boradi. O’pkalarda kislorod bilan to’yingan qon o’pka venasi 
    nomi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi. 
    Ajratish va ko’payish organlari.
    Ajratish organi bo’lib, bel 
    bo’limida joylashgan juft chanoq buyragi xizmat qiladi. Buyrak 
    loviyasimon shaklda bo’ladi. Yuza qismi po’stloq, ichki mag’iz 
    qatlamlaridan tashkil topgan. Mag’iz qatlami bir qancha yig’uvchi 
    naylardagi iborat va bu yerga po’stloq qavat naylari ochiladi. Buyrak 
    jomidan siydik yo’liga ochiladi, siydik yo’li esa siydik pufagiga 
    ochiladi. Siydik pufagidan siydik tanosil teshigi orqali tashqariga 
    chiqariladi. 
    Erkaklarining ko’payish organi bo’lib tana bo’shlig’ida joylashgan 
    bir juft urug’don xizmat qiladi. Urug’donda pishib yetilgan urug’ 
    xujayralari urug’ yo’li bilan kopulyativ organi orqali tashqariga 
    chiqariladi.
    Urg’ochilarining ko’payish organi bo’lib tana bo’shilig’ida 
    joylashgan juft tuxumdonlar hisoblanadi. Pishib yetilgan tuxum tana 
    bo’shlig’iga tushadi. U yerdan tuxum yo’lining fallopiy naychasiga 
    tushib, keyin bachadonga boradi. Bachadon tanosil kanaliga aylanadi.


    125 

    Download 4,99 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




    Download 4,99 Mb.
    Pdf ko'rish