95
Hazm organlari:
Og’iz teshigi og’iz bo’shlig’iga, u halqumga
ochiladi. Halqum qizilo’ngachga, u oshqozonga ochiladi.
Oshqozon
ingichka ichakka, undan spiral klapanli yo’g’on ichakka, u kloakaga
ochiladi. Tana bushlig’ida taloq joylashgan. Tog’ayli baliqlarda
konussimon tish, oshqozonosti bezi mavjud.
Nafas organlari:
Jabra bilan nafas oladi. 5-7
ta jabra yoriqlari
bo’ladi. Har bir jabra yorig’i bir uchi bilan halqumga, ikkinchi uchi bilan
to’siqlar yordamida ajralib, bu
yerda jabra yoylari joylashgan, jabra
yoriqlari ektodermadan rivojlanadi.
Qon aylanish sistemasi:
Akulaning
yuragi venoz sinus, yurak
bo’lmasi, yurak qorinchasi va arterial konusdan iborat.
Arterial konus
yurak singari ko’ndalang-targ’il muskullardan tuzilgan.
Siydik tanosil sistemasi:
Ayirish organi bo’lib, qorin buyragi
mezonefros xizmat qiladi. Siydik Volf
kanallari orqali kloakadan
chiqariladi. Urg’ochisining tuxumdoni tuxum yo’li (Myuller kanallari)
bilan qo’shilmagan. Tuxum yo’li kloakaga ochiladi.Urg’ochilarining
jinsiy va ajratish yo’llari bir-biri bilan qo’shilmagan.
Sistematikasi:
600 ta turi bor. Hozirgi zamon tog’ayli baliqlari ikkita
kenja sinfga bo’linadi.
1.
Plastinka jabralilar
2.
Yaxlitboshlilar
Plastinkajabralilar k\sinfining 2 ta turkumi farq qilinadi.
1.
Akulalar (350 tur).
2.
Skatlar (340 tur).
Yaxlitboshlilarning
turlari kam, gavdasi duksimon bo’ladi.
Tanglay kvadrat tog’ayli miya qutisi skeletiga qo’shilib ketgan.
Shuning uchun ular yaxlitboshlilar deb nomlanadi. Rasm 8.9.
97
NAZORAT SAVOLLARI.
1.
Akulalarda necha juft jabra yoriqlari mavjud?
2.
Og’iz tananing qaysi qismida joylashgan?
3.
Teri qoplagichlarining tuzilishi qanday?
4.
Skeleti nimadan iborat?
5.
Miyasi necha bo’limdan iborat?
6.
Spiral klapanli ichak nimaga kerak?
7.
Ayirish organi bo’lib nima xizmat qiladi?
8.
Nechta kenja sinfi mavjud?