• Eskirish koeffitsenti
  • Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet48/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Qloyiha.- maksimal, loyihaviy ishlab chiqarish quvvati
    Qijara. -ijaraga berib yuborilgan quvvatlarga mos keluvchi mahsulot xajmi;
    Q konserv. - konservatsiya qilingan quvvatlarga mos keluvchi mahsulot xajmi;
    Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti 0.5 dan yoki tarmoq bo‘yicha o‘rtacha qiymatdan kichik bo‘lsa, korxonada ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish past darajada deb qabul qilinadi.
    Eskirish koeffitsenti (Kesk) eskirish summasining asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
    Kesk= Av.es/Av.bq
    Bunda:Av.es - asosiy vositalar eskirish summasi;
    Avbq - asosiy vositalarninig boshlang‘ishlab chiqarish qiymati;
    Asosiy vositalarni eskirish koeffitsenti 0.5 dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
    “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra korxonalarning to‘lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi parametrlar belgilab berilgan.
    Iqtisodiy xatarli korxona uchun to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsiyenti me’yordan dan kichik bo‘lsa, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0,5 dan kichik bo‘lsa, xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti 0,2 dan kichik bo‘lsa korxonalar iqtisodiy xatarli korxona deb topiladi.
    Iqtisodiy nochor korxona uchun pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lishi lozim.
    * Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lib, shu bilan birga To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati bor bo‘lsa, ya’ni to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti (Ktq)me’yorda, rentabelli va xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Kxm) yuqori bo‘lsa “To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati bor” deb qabul qilinadi
    *Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 3 oydan ortiq qarzi bor bo‘lib, uning qiymati eng kam ish xaqining 500 baravaridan yuqori bo‘lsa va Aktivlar rentabelligi. (Ra)past, to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti (Ktq)kichik, xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Kxm)past bo‘lsa korxona “To‘lov qobiliyati tiklash imkoniyati yo‘q” deb qabul qilinadi
    Korxona nochorligi, demak, xo‘jalik faoliyatining samarasizligi to‘g‘risidagi yakuniy qaror, nochorlik parametrlarining umumiy summasi yuqoridagi me’yorlardan kichik bo‘lgan holda qabul qilinadi.
    Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, buning hamma uchun to‘g‘ri keluvchi yagona yo‘li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani yechishda o‘z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.

      1. Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash

    O ‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonunlariga, O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonFarmoniga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonqaroriga muvofiq.
    ishlab chiqilgan hamda ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, davlat korxonalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Mazkur mezonlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori asosida qabul qilingan nizom belgilaydi.
    Samaradorlikning muhim ko’rsatkichlari - (Key Performance Indicators) korxona uchun nima eng muhim ekanligini yaqqol tasvirlaydi, menejerlarga asoslangan qaror qabul qilinishida ko‘maklashadi hamda risklarni boshqarishga imkon yaratishi orqali noaniqliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Agarda tizimda, ishlab chiqarishda salbiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa,
    “samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari” bu haqda barvaqt xabar beradi. Shu sababli ham kompaniya uchun eng muhim samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini ishlab chiqib, joriy etish aksiyador (ulushdor)lar tomonidan muvaffaqiyatga erishishning kaliti sifatida e’tirof etiladi
    Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari - bu korxona o‘zining strategik va katta moliyaviy maqsadlariga qanchalik samarali erishayotganligini namoyish eta oladigan o‘lchov qiymatlaridir. Korxona xodimlari, rahbariyati va, umuman, korxona faoliyatiga baho berish uchun foydalaniladigan koeffitsiyentlar yig‘indisidir
    Kompaniyalar faoliyatiga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari joriy etilganda xodimlarni rag‘batlantirishning aniqligi va shaffofligi ta’minlanadi. Modomiki ko‘zlangan maqsadlar va ulardan erishilgan aniq miqdorlarga qarab xodimni nima uchun va qanday rag‘batlantirish rahbarlarga ravshanlashadi. O‘z navbatida, xodim yoki direktorlar qanday sharoitda qancha mukofot bilan taqdirlanishini va nimani talab etishni yaxshi bilishi hamda shunga yarasha samarali natija ko‘rsatishga harakat qilishi ushbu tizim joriy etilishi natijasida yaqqol aniqlashtiriladi
    Qisqacha aytganda, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari xodimlar va direktorlar tomonidan erishilgan natijalarni miqdoriy jihatdan aniqlash imkoniyatini beradi. Kompaniya aksiyadorlari, direktorlari yoki departament boshliqlariga belgilangan oliy maqsadlariga erishishda qanday yutuqlar va kamchiliklar mavjudligini namoyish qiladi hamda ularni o‘z vaqtida rag‘batlantirish yoki bartaraf etish uchun aniq tasavvurni yaratib beradi. Bu esa investorlar va emitentlar uchun ayni muddaodir
    Shuningdek, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari foydali qaror qabul qilish vositasidir, desak yangilishmagan bo‘lamiz. Darhaqiqat, samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari korxonalarning murakkab tashkiliy faoliyatini oson va tushunarli sonlar orqali namoyon qila oladi. Bu esa, o‘z navbatida, korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi
    Tasavvur qiling, okeanda suzib ketayotgan kemadagilar kema belgilangan rejaga asosan suzayotganligini aniqlash maqsadida kompas va navigatsiya tizimi ma’ lumotlaridan foydalanishadi. Kemaning GPS joylashuv ma’ lumoti, tezlik, yoqilg‘i darajasi yoki ob-havo ma’lumotlari kabi ko‘rsatkichlar kemaning ayni 91
    damda qayerdaligini va keyin qaysi yo‘nalishda harakat qilishi zarurligini oydinlashtiradi
    Shunday holat kompaniyalar faoliyatiga ham xosdir. Bunda
    samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari menejerlar tomonidan kompaniya muvaffaqiyatli suzish rejasiga muvofiq harakatlanayotgani yoki belgilangan yo‘nalishdan chiqib ketayotganini aniqlashtirish uchun foydalaniladigan navigatsiya vositasidir. To‘g‘ri, joriy etilgan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari kompaniya faoliyatining muhim jabhalarini yoritadi va e’tibor berilishi zarur bo‘lgan holatlarnigina aniq ko‘rsatib beradi. Xalqaro nazariyada samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ko‘proq harorat va havo bosimini o‘lchashga moslashgan vositalarga o‘xshatiladi. Havo harorati ko‘tarilgani yoki pasayganini bilishga qiziqish tabiiy, lekin dovul yaqinligini bilish undan-da muhimroqdir. Ko‘rsatkichlar umumiy vaziyat to‘g‘risida to‘liq taassurot uyg‘otishga xizmat qiladi
    Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari yaratilish tarixi XX asrning 60-70- yillaridan boshlanadi. Bu davrda Piter Druker tomonidan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, u orqali yutuqlarni baholash tizimiga asos solingan. Ushbu holat belgilangan maqsad sari boshqaruv uslubi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Mazkur boshqaruv uslubi korxona rahbariga butun diqqat- e’tiborini eng yaxshi natijaga erishishga qaratish imkonini beruvchi izchil va tartibli yondashuvdir. Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarining jadal rivojlanish bosqichi uning 1990-yillar boshida Robert Kaplan va David Norton tomonidan o‘ylab topilgan Balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimiga kiritilganidan keyin boshlangan
    Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (qisqartirilgan shaklda SMK) tashkilotlarning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini aniqlash uchun foydalaniladigan baholash mezonlarining miqdoriy o‘lchovidan iborat bo‘ladi.
    SMK ro‘yxati faoliyatning iqtisodiy, energetika, ishlab chiqarish, innovatsion samaradorligi ko‘rsatkichlarini va samaradorlikning boshqa ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
    SMKni hisoblashning davriyligi har chorakdan iborat bo‘ladi va tashkilotning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.Manbai faqat yillik hisobot bo‘lgan ko‘rsatkichlar bir yilda bir marta hisoblanadi.
    Tashkilotning ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash uchun 5.3-jadval va 5.4-jadvalda ko‘rsatilgan SMK tatbiq etiladi.

      1. jadval


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.