Talabalar mustaqil ishlarining turlari, shakllari va




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/47
Sana18.01.2024
Hajmi0,85 Mb.
#140103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Adabiyot-oqitish-metodikasi.-Xudoyberdiyev

Talabalar mustaqil ishlarining turlari, shakllari va 
uni baholash mezonlari.
 
 
 
Ma`lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur`atlar bilan kengayib borayotgan 
hozirgi sharoitda barcha ma`lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga 
etkazish juda murakkab. 
Shu nuqtai nazardan maktab, kollej, litseylarga nisbatan oliy ta`limda talabalarni 
ko‘proq mustaqil o‘qishiga, bilim olishiga alohida e`tibor berilyapti. SHu o‘rinda talaba 
mustaqil ishi nima?, uni baholash mezonlari qanday? degan savol tug‘iladi. Talaba 
mustaqil ishi muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va 
malakaning ma`lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi tavsiyasiga asosan 
auditoriyadan tashqari o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan faoliyatdir. 
Mustaqil ishni baholash mezonlari quyidagicha. Samarqand davlat universiteti 
o‘quv-metodik kengashining 2009 yil 22 avgustdagi va universitet ilmiy kengashining 
2009 yil 29 avgustdagi majlisida tasdiqlangan «Yo‘riqoma» ning 14 bandida 
talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishiga umumiy yuz ballning 20 balini 
ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan. 
Bu 20 ball: JN uchun 7 ball, ON uchun 7 ball, YaN uchun 6 ball miqdorida 
taqsimlanishi tavsiya qilingan. Masalan, JN ning (7 ball hisobidan) auditoriyadagi 
mutaqil ishiga 3 ball, auditoriyadan tashqari bajariladigan mustaqil ishiga 4 ball ajratish 
mumkin. ON (7 ball hisobidan) bitta bo‘lsa 7 ball, 2 ta ON bo‘lsa 7 balldan 14 ball 
berish mumkin, YaN ning savollaridan bittasiga 6 ball berish mumkin. 
Talaba mustaqil ishining shakllariga qaysilar kiradi?
Talabalar mustaqil ishining shakllarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin. 
Birinchi turi auditoriyada, joriy, oraliq nazoratlarda amalga oshiriladi; 
- amaliyot, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorlanib kelish; 
- savol-javob, suhbat, munozaralarda ishtirok etish; 
- nazorat ishlarini olish (test, Yozma ish v.h.); 
- amaliy topshiriqlarni, uy vazifalarni bajarish; 
- test, munozarali savollar tayyorlab kelish, maket, model va
badiiy asarlar ustida ishlash, hisob-kitob, grafik ishlarini bajarish.
Ikkinchi turiga ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida mustaqil 
o‘zlashtiriladigan mavzular kiradi: 
- ma`lumotlarni izlab topish; 
- ma`lumot va axborotlarni tahlil qilish; 
- ma`lumot va axborotlarni konspeklashtirish; 
- kurs ishlarini bajarish
- bitiruv-malakaviy ishiga material to‘plash; 
- ilmiy maqola, tezislar, ma`ruzalar tayYorlash; 
- referat tayyorlash: 
Mustaqil ta`limning ikkinchi turida himoyalar darsdan tashqari paytlarda, maxsus 
belgilangan konsul’tatsiya soatlarida amalga oshiriladi. 



(Bu bo‘yicha vazirlikning 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug‘ining 1-
ilovasida «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish haqidagi» 
yo‘riqnomada aniq ma`lumot berilgan). 
Endi ushbu mavzularning ayrimlariga qisqacha izoh bersak. Ishchi o‘quv 
dasturiga mustaqil ishlar bo‘yicha alohida mavzular kiritilishi kerak. 

Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar mustaqil ishlarining turlari, shakllari va

Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish