|
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirishBog'liq Adabiyot-oqitish-metodikasi.-XudoyberdiyevMavzuni mustaqil o‘zlashtirish: Berilagn mavzular bo‘yicha o‘quv adabiyotlari
konspektlashtiriladi. Tayanch iboralarning mohiyatiga taalluqli savollarga javob
tayYorlanadi.
Referat tayyorlash: Asosiy adabiyotlardan tashqari – monografiyalar, ilmiy,
uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma`lumotlar, elektron kutubxona materillaridan
foydalaniladi.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash: Muayyan mavzuni yaxshi o‘zlashtirish
uchun – jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, musiqiy asar, kichik
badiiy asar. Bir mavzuni bir necha talabaga topshirish mumkin.
Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash:
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar
va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigansavollar tuzish topshiriladi. Bu bo‘yicha
o‘qituvchi tomonidan yo‘l-yo‘riq beriladi.
Masalan test topshiriqlarining 8 ta turi bor: bir tanlovli test, tanlovli test,
to‘ldiruvchi test, muqobil javobli test, muvofiqlashtiruvchi test, ketma-ketlikni aniqlash
testi, qisqa javobli test, erkin javobli test.
Ilmiy maqola, tezislar va ma`ruzalar tayyorlash:
- talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha ilmiy xarakterda maqola,
tezis yoki ma`ruza tayYorlash topshiriladi. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy
tadqiqot ishlari dissertatsiyalar, maqola va monografiyalardan mavzuga tegishli
materiallar to‘playdi, zarurlarini ajratib oladi, tartibga soladi, o‘z fikrini bildiradi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash:
Bir mavzu yoki bir bo‘lim bo‘yicha nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy
topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar,
maketlar namunalar yaratish vazifasi topshiriladi. Bu esa talabani ilmiy izlanishga,
o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlashga yo‘naltiradi. Yuqoridagi
mustaqil ta`lim shakllarini bajarish tartibi bo‘yicha o‘qituvchilar uslubiy ko‘rsatmalarni
o‘quv yilning boshida tayyorlab qo‘yishlari shart.
Kafedralada har bir fan bo‘yicha mustaqil ish jadvali tuziladi. Mustaqil ish
bo‘yicha konsul’tatsiyalarni qayd qilish jurnali yuritiladi. Mustaqil ishlarga taqriz
yoziladi hamda baholanadi va uning bajarlishi haqida kafedra yig‘ilishlarida hisobot
beriladi. Mustaqil ishlar kafedrada 2 yil saqlanadi.
|
| |