- rasm. Mashina grafikasi dasturiy ta ’minoti




Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/57
Sana16.12.2023
Hajmi3,32 Mb.
#120789
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

3.10- rasm. Mashina grafikasi dasturiy ta ’minoti.
67


D asturlash sistemalari. 
Dasturlash sistemalari uchta sinfga 
b o ‘linadi: mashinaga yo‘naltirilgan, muammoga yo‘naltirilgan va 
yordamchi sistemalar. Mashinaga yo‘naltirilgan sistemalar shu 
kompyuterga biriktirilgan kirish tiliga ega bo‘ladi, masalan, ikki 
adresli kompyuterlar uchun dasturlash sistemalari. Bu sistemalar 
kirish tili buyruqlari bo‘lib, bajariluvchi operatsiya kodiga (qo‘- 
shish, ayirish, ko‘paytirish, eslab qolish) birinchi va ikkinchi 
yacheykalar adreslariga ega bo‘lgan triadalar hisoblanadi. Bu sinfga 
belgili kodlashtiruvchilar, avtokodlar, mikrogeneratorlar ham kiradi.
Dastrurlashni avtomatlashtirish uchun, ichki tillardan foydalanib 
yaratilgan 
sistema 
b o iib
belgili 
kodlashtiruvchi 
sistema 
hisoblanadi. Belgili kodlashtirish darajasi «birga-bir» tasvirlanishga 
ega, y a’ni bitta belgili ko‘rsatmaga bitta mashina komandasi yoki 
konstanta to‘g ‘ri keladi. Bu sistemani qo‘llash deganda, mashina 
xotirasini avtomatik taqsimlab va haqiqiy adreslarni o ‘zlashtirib, 
belgili kodlardan mashina kodi bilan birgalikda foydalanish nazarda 
tutildi. Belgili kodlashtirish sistemalari mukammal dasturlashni 
avtomatlashtirish 
sistemalarini 
yaratish 
uchun 
baza 
bo‘lib 
hisoblanadi, masalan, buyruq generatorlarini.
Keyingi mashinaga yo‘naltirilgan sistemalar modifikatsiyasi bu 
avtokod hisoblanadi. Avtokodning kirish tili bo‘lib, «bir nechtaga- 
bitta» til darajasi hisoblanadi, y a’ni avtokodning bitta ko‘rsatmasiga 
bir nechta mashina buyrug‘i mos keladi. Avtokodning asosini 
funksiyani yoki protsedurani bitta yozuv bilan belgilovchi 
mikrobuyruqlar tashkil etadi.
Mikrobuyruqlar generatsiya qilish yoki o ‘matish yo‘li bilan 
mashina buyruqlariga o ‘giriladi. O 'm atishda har bir mikrobuyruqqa, 
unda bajarilishi kerak bo‘lgan hodisani amalga oshiruvchi, mashina 
tilidagi kutubxona moduli mos keladi. Generatsiya qiluvchi sistema 
mikrobuyruqlami tahlil qiluvchi maxsus dasturlardan tuzilgan 
b o iad i. Tahlil qilish jarayonida bajariladigan funksiya aniqlanib
ana shu funksiyani amalga oshiruvchi buyruq tashkil etiladi. 
Avtokoddan foydalanilganda, dasturlovchining mehnati unum- 
dorligi 10-2 0 % ga oshadi.
Dasturlashning muammoga yo‘naltirilgan yoki protsedurali 
sistemalarida, belgili kodlashtirish tillari va avtokodlardan farqli, 
kirish tili sifatida konkret kompyuterga bog‘liq bo‘Imagan turli
68


algoritmik tillardan foydalaniladi. Bu tillar «bir nechtaga - bitta» 
darajasini tashkil etib, avtokoddan dasturlovchini mashina dastur- 
larini yozishdan to ‘liq ozod qilishi bilan farqlanadi. Dasturlashning 
protsedurali sistemalarining asosiy komponentlari algoritmik kirish 
tili va uni belgili kodlashtirish darajasiga va mashina buyrug‘iga 
o ‘giruvchi kompilyatorli translyator hisoblanadi.
Dasturlashni protsedurali sistemalarini qo‘llash natijasida das- 
turlovchi mehnati unumdorligi yanada oshadi, lekin ortiqcha 
mashina buyruqlarini kiritish hisobiga va dastumi saqlash uchun 
kerakli xotira hajmini oshishi natijasida uning tezkorligi birmuncha 
kamayadi.
Hamma sanab o ‘tilgan dasturlash sistemalarining asosida dastur 
tuzish uchun dasturlash tillari mavjud. Til vositasi bilan bir qatorda 
amaliy dasturlardagi xatoliklarni tekshirib, ulami aniqlab beruvchi 
maxsus dasturlar ham kiritilgan, ular otladka vositasi deb ataladi. 
Otladka qiluvchi sistemalar ikkita kategoriyali bo‘ladi: birinchisi 
ishchi 
dasturlami bajarish jarayonida qo‘llanilsa, 
ikkinchisi 
dasturlarda xatoliklar yuz berganda qoMlaniladi. Dasturlami bajarish 
jarayonida foydalaniladigan otladka vositalari oraliq axborotlami 
chop etishga chiqarishni, dastur bajarilishi davomida hujjatlash- 
tirishni ta ’minlaydi, mashina buyruqlarini bajarishga dastumi 
tayyorlaydi va yuklanuvchi modulni tashkil qiladi.
Translyatorning ba’zi bir funksiyalarini ko‘rsatib o ‘tamiz. 
Translyatorlar kompilyator, yoki assembler, yoki interpritatorlar 
boMishi mumkin. Kompilyator dastumi mashina tiliga o ‘tkazishni 
ta’minlovchi, lekin uni bajarilishini ham ta ’minlaydigan dastur 
hisoblanadi. Assembler esa, Assembler tilida yozilgan dastumi 
translatsiya qiluvchi dasturdir. Agar kirish tilining bitta operatoriga 
bitta mashina buyrug‘i to ‘g ‘ri kelsa, unday holda bunday assembler 
absolyut yoki avtokod deb ataladi.
Agar mikrobuyruqlar bir guruh mashina buyruqlariga o ‘girilsa, 
bunday translatsiya qiluvchi sistema makroassembler deb ataladi. 
Interpretator bu berilgan dastumi translatsiya qilish jarayonini, shu 
dastumi bajarilish bilan qo‘shib olib borishga moMjallangan siste- 
madir.
Umuman xohlagan dasturlash sistemalari quyidagi funksiyalami 
bajaradi:
69


- kirish tillarida yozilgan algoritm va dasturlarni to 'g ‘ri 
yozilishini nazorat qiladi;
- mavjud bo‘lgan xatoliklar va ulaming o ‘mi, xarakteri haqida 
axborot beradi;
- xotirani umumiy taqsimlaydi;
- berilgan topshiriqning ko‘pgina qism dasturlarida ishla­
tiladigan global o ‘zgaruvlami izohlaydi;
- past darajali oraliq kirish tillarida yozilgan to ‘Iiq algoritmni 
yoki uning qismlarini translatsiya qiladi;
- global o ‘zgaruvchilarga ega umumiy algoritmning translat­
siya qilingan qismlarini, qism dasturlarni avtomatik birlashtirishni 
amalga oshiradi;
- bitta kutubxona algoritmning alohida qismlarini translatsiya 
natijalarini, keyinchalik yuklanish modullariga birlashtirish uchun 
yig‘adi;
- texnik hujjatlami, y a’ni kiritish va mashina tilida chop etilgan 
dasturlarni, xotirani taqsimlanishi haqidagi m a’lumotlami va boshqa 
m a’lumotlami chiqaradi.

Download 3,32 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Mashina grafikasi dasturiy ta ’minoti

Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish