BOB. CHIZIQLI AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMALARNING TIPIK ZVENOLARI VA ULARNI 0‘ZAR0 ULASH
Avtomatik boshqarish sistemalari zvenolarining xarakteristikalarini ulaming vazifalari, fizik ishlash prinsipi, uzatilayotgan signal laming quwati va tezligiga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqib, xossalarini 1- va 2 - tartibli chiziqli differensial tenglamalar bilan tavsiflash mum- kin bo'lgan quyidagi qator tipik zvenolami ko‘rsatish mumkin [3 - 7]:
oddiy zvenolar: proporsional, integrallovchi va differensiallovchi;
birinchi tartibli zvenolar: inersion (aperiodik), inersion - differ- rensiallovchi, tezlashtiruvchi, inertsion - tezlashtiruvchi;
d) ikkinchi tartibli zvenolar: tebranma zveno.
Odatda, tipik zvenolarning uzatish funksiyasi W{p) = ko‘ri-
nishdagi ratsional kasr bo‘lib, barcha nullar va qutblar [a:(/?) = 0, D(p) = o] chap yarim tekislikda yoki mavhum sonlar o‘qida joylashgan bo'ladi (integrallovchi zveno).
Murakkabroq bo'lgan zvenolar bir nechta zvenolarning o‘zaro ula- nishi ko'rinishida ko‘rib chiqilishi mumkin. Zvenolami ko'rib chiqishda oldindan chastota diapazonini aytish zarur bo‘ladi, chunki qabul qilingan chastota diapazonidan chiqish qo‘shimcha parametrlami hisobga olishga va zvenolar matematik apparatini murakkablashuviga olib kelishi mumkin.
4.1. Oddiy zvenolar 4.1.1. Proportsional zveno
Proporsional zveno eng oddiy zveno hisoblanadi va unda chiqish kattaligi kirish kattaligiga proporsional tarzda o'zgaradi. Proporsional zvenoning differensial tenglamasi [3,4]:
y = kx (4.1)
Ushbu zvenoga misol tariqasida potensiometr va richag sistemasini ko‘rsatish mumkin (4.1-rasm).
5
0
Ua(y)
Ui(x)
potensiometr
richag sistemasi Fi Fj
A
(У)
(x)
7 A
4.1-rasm.
Kirishdan chiqishga signal hech qanday inersiyasiz, ya’ni bir zumda uzatiladi deb qabul qilinadi, shu sababli proporsional zveno inersiyasiz zveno deb ataladi.
Zveno kirishiga x = Xmsina)t garmonik ta’sir berilgan holda, chiqishda ham garmonik signalga у = Ymsina>t ega bo‘lamiz. Bu holda, kompleks amplitudalar quyidagicha bo‘ladi:
(4.2)
|