Investitsiya fondlari: оchiq va yopiq investitsiya fondlari




Download 53,48 Kb.
bet3/23
Sana18.02.2024
Hajmi53,48 Kb.
#158450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portfel menejment javoblar

Investitsiya fondlari: оchiq va yopiq investitsiya fondlari

Investitsiya fondlari - jismoiy va yuridik shaxslar mablag‘larini to‘plovchi hamda foyda olish, aksiyadorlar xatarini kamaytirish maqsadida ushbu mablag‘larni fond nomidan qimmatli qog‘ozlarga, bank hisob raqamlariga va omonatlarga joylashtiruvchi tashkilotdir. Investitsiya fondi yuridik shaxs bo‘lib, aksiyalarni chiqarish va xarid qilishni, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiradi, shuningdek, u aksiyalariga egalik qilayotgan korxonalarning rivojlanishida va faoliyati samaradorligini oshirishda aksiyador huquqlari bilan ishtirok etadi. Yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalar investitsiya fondining maxsus faoliyat turiga kiradi. Investitsiya fondi faoliyatini qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning boshqa turlari bilan birga olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fondni sarflash bilan bog‘liq barcha xatarlar, ularning bozor narxlari o‘zgarishidan ko‘rilgan daromad va zararlar aktivlar qiymatini yoki fond aksiyalari joriy narxlarini o‘zgartirish yo‘li bilan to‘liq hajmda aksiyadorlarning hisob raqamlariga kiritiladi. Investitsiya fondlari faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ko‘rinishida tashkil etilishi mumkin. Investitsiya fondlari ikki xilga bo‘linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya'ni fond qimmatli qog‘ozlarining egalariga ularning o‘rniga pul summasi yoki mol-mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko‘zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi.Investsiya fondlarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Investitsiya fondlarining muassislari bo‘lib yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Investitsiya fondining ustav fondi eng kam ish haqining 500 barobaridan kam bo‘lmasligi lozim. Fond aksiyalariga dastlabki obuna fond davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi. Fond ustav sarmoyasining kamida 75 foizi pul mablag‘lari bilan to‘lanishi zarur. Investitsiya fondi davlat ro‘yxatiga olinib, investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziya olganidan keyin u tashkil etilgan hisoblanadi. Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.




  1. Download 53,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 53,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsiya fondlari: оchiq va yopiq investitsiya fondlari

Download 53,48 Kb.