|
Investitsiya portfeli samaradorligini baholovchi ko’rsatgichlar
|
bet | 4/23 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 53,48 Kb. | | #158450 |
Bog'liq portfel menejment javoblarInvestitsiya portfeli samaradorligini baholovchi ko’rsatgichlar
Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishda asosiy e`tibor investitsiya imkoniyatilarining tahliliga, jalb etilayotgan resurslar qiymatini baholashga hamda noaniqlik tahliliga, risklarni pasaytirish usullari, ularni investitsiya qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanishiga qaratish zarur bo‘ladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli bilan amalga oshirish talab etiladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda sof diskontlangan daromad, daromaddorlik indeksi, ichki daromaddorlik me`yori, xarajatlarning qoplanish muddati ko‘rsatkichlaridan foydalanish talab etiladi.
Shunday qilib, investitsiya kapitali qiymatini baholash joriy qiymatni diskontlash usulini qo‘llashga asoslanadi, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi hamda asosan, qimmatli qog‘ozlar bozori orqali pul resurslarini jalb qilishga qaratiladi. Investitsiya resurslari qiymatini baholash bilan investitsiyalash sub`ektlarining investitsiya imkoniyatlari aniqlanadi va ularning o‘zgarishlari, qonuniyatlari topiladi. Investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: 1. Statistik usullar. Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to‘liq darajada hisobga olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud: - xarajatlarni taqqoslash; - foydani taqqoslash; - rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog‘liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning qoplanish usuli). 2. Dinamik usullar. Bu usullarda to‘lovlar va tushumlarning vaqt bilan bog‘liqligi hisobga olinadi. 1. O‘sgan qiymat usuli. Bu usul o‘z kapitalidan muqobil foydalanishni nazarda tutadi. 2. Diskontlash usuli. Bu usul hozirgi paytgacha o‘tkazilgan barcha to‘lovlarni oldindan belgilangan foiz stavkasi bilan muvofiqlikda olib qaraydi va tushumlarning real miqdorini aks ettiradi. 3. Annuitet usuli. Bu usul muayyan yillar davomida bir xil summadagi to‘lovlar oqimini o‘rganadi. 4. Ichki foiz stavkasi usuli (ichki daromadlilik me`yori yoki ichki foyda me`yori yoxud ichki rentabellik me`yori). iqtisodiy adabiyotlarda u yoki bu atamalar uchraydi. 5. Xarajatlarning qoplanishi dinamik usuli statistik usuldan sof pul oqimlarini diskoshlashni nazarda tutishi bilan farq qiladi. O‘zbekiston sharoitida investitsiya resurslari qiymatini baholash paytidagi hisob-kitoblarda bank foiz stavkasi, qayta moliyalash stavkasi, valyuta kurslari, soliq imtiyozlari, shuningdek, jadallashtirilgan amortizatsiyadan foydalanishni nazarda tutish lozim.
|
| |