|
Kapital aktivlarni baholash modeli (CAPM) asosida asosida portfel shakllantirish
|
bet | 8/23 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 53,48 Kb. | | #158450 |
Bog'liq portfel menejment javoblarKapital aktivlarni baholash modeli (CAPM) asosida asosida portfel shakllantirish
"KAPITAL AKTIVLARINI BOSHQARISH" YOKI "MULKNI BOSHQARISH", BIR TASHKILOT YOKI SHAXSNING MABLAG'LARINI ENG YAXSHI FOYDALANISH YUZASIDAN XARID QILISH VA INVESTITSIYA QILISH JARAYONLARINI ALOHIDA LOYIHALARGA ASOSLASHNI, KAPITAL ISHLAB CHIQARISHNI VA OMONATLARINI TAXMIN QILISHNI O'Z ICHIGA OLADI. BU MODEL, BOSHQARISH, MOLIYAVIY MAQSADLAR, TASHKILOTNING O'ZINI ZAMONAVIY TARTIBGA SOLISH VA KENG TASHQI VA ICHKI FAKTORLARDAN TA'SIRGA UCHRAMASLIGINI TA'MINLASH UCHUN MUHIMDIR. Kapital aktivlarini narxlash modeli (CAPM) tizimli risk bilan aktivlar, ya’ni, tizimli risk bilan qimmatli qog’ozlar uchun kutilayotgan daromad o'rtasidagi
munosabatni tavsiflaydi. CAPM butun moliya sohasida riskli qimmatli qog'ozlarga narxini baholash, ushbu aktivlar riski va kapital qiymatini hisobga olgan holda aktivlar uchun kutilayotgan daromad darajasini baholash uchun foydalaniladi CAPM kapital bozoriga kiritilgan investitsiyalari bo'yicha talab qilinadigan daromad darajasini o'lchaydi va u zamonaviy portfel nazariyasi va diskontlangan pul oqimlari baholashning muhim elementidir. CAPM modelini formulasi 𝑬(𝑹) = 𝑹𝒇+ 𝜷∗ (𝑴𝒓− 𝑹𝒇)
𝑬(𝑹) – kutilayotgan qaytim 𝑹𝒇 – risksiz stavka 𝜷 – bozor betasi (beta koeffitsienti) 𝑴𝒓 – bozor qaytimi 𝑴𝒓− 𝑹𝒇 – risk uchun mukofot
Risksiz stavka - nazariy jihatdan investorning har qanday investitsiya uchun kutayotgan minimal daromadidir. Amalda daromad olishda risksiz stavka mavjud emas, chunki investitsiyalarning har bir turida risk oz bo’lsa-da mavjud. Risksiz stavka inflyatsiya darajasi va investitsiya muddatiga mos keladigan davrdagi davlat obligatsiyalarini daromadlilik stavkasi o’rtasidagi farq hisoblanadi. Beta koeffitsienti - bu butun bozorga nisbatan alohida olingan kompaniya yoki portifeldagi mavjud qimmatli qog’ozlari harakatini tavsiflovchi statistik koeffitsient bo’lib, bozorning o’sishi kompaniyaning qimmatli qog’ozlariga ta’sirini ko’rsatuvchi ko’rsatgich. Boshqacha qilib aytganda beta koeffitsienti bozor bilan kompaniya qimmatli qo’g’ozlarini daromadliligi o’rtasidagi riskni ifodalovchi ko’rsatgich hisoblanadi. Bozor qaytimi- investorlarning bozordan kutayotgan o’rtacha daromad stavkasi. Bozorning ehtimoliy daromad darajasiga asoslanib, investor investitsiya qilishdan kutgan daromadidir. Investorlar kutilayotgan daromadini hisoblash uchun fond bozoridagi indeklarning tarixiy daromadlilik ma'lumotlaridan foydalanishlari mumkin.
|
| |