Jahon moliya bozorlarida 2022-2023-yillarda obligatsiyalarning daromadlilik darajasini oshib ketish sabablari va natijalari




Download 53,48 Kb.
bet7/23
Sana18.02.2024
Hajmi53,48 Kb.
#158450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
portfel menejment javoblar

Jahon moliya bozorlarida 2022-2023-yillarda obligatsiyalarning daromadlilik darajasini oshib ketish sabablari va natijalari

2022-yil jahonda makromoliyaviy sharoitlar tashqi geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi, taklif zanjiridagi uzilishlar, yuqori inflyatsiya darajasi, energiya resurslari narxlarining o‘sishi, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi ta’sirida shakllandi. Pandemiya hamda tashqi geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi davrida shakllangan zaifliklar tufayli jahon moliyaviy sharoitlar tartibsiz qat’iylashdi. Jumladan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning jahon moliyaviy sharoitlar indeksi rivojlangan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan davlatlarda moliyaviy sharoitlar qat’iylashganligini ko‘rsatdi. Xususan, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan inflyatsiyaga qarshi asosiy foiz stavkasini bir necha marta oshirgandan so‘ng moliyaviy sharoitlar sezilarli darajada qat’iylashdi. 2022-yil IV chorakda jahon miqyosida aksiyalar narxlari oshishi, ipoteka krediti foizlari kamayishi, daromadliligi yuqori bo‘lgan korporativ obligatsiyalar narxi va bozor o‘zgaruvchanligi pasayishi hisobiga moliyaviy sharoitlar yumshagan. Shuningdek, foiz stavkasi bo‘yicha bozor kutilmalarining o‘zgarishi 1 International Monetary Fund. (2023, April). Global Financial Stability Report. sababli global obligatsiyalar daromadliligi pasaydi, korporativ spredlar kamaydi va aksiya bozorlari tiklandi1. 2023-yil bahorida AQShning Silicon Valley, Signature hamda First Republic banklarining bankrot holatiga kelganligi jahon bank tizimining ayrim zaif tomonlarini ochib berdi3. FZT tomonidan foiz stavkaning keskin oshirilishi 2 Agenor, P., & Silva, L. (2013). Inflation Targeting and Financial Stability: A Perspective from the Developing World. 3 International Monetary Fund. (2023). Global Financial Stability Report. 4 Bank foiz stavkalari hamda obligatsiyalarning bozor qiymati orasida teskari bog‘liqlik mavjud. Bunda, banklar tomonidan taklif etilayotgan depozitlarning jozibadorligining oshishi obligatsiyalarga bo‘lgan talabni pasaytiradi. Odatda, obligatsiyalar uzoq muddatli bo‘lib, ular uchun o‘rnatilgan foiz stavkalar qat’iy belgilangan bo‘ladi. Natijada, kapital bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda, obligatsiyalarning narxi tushishni boshlaydi. aktivlar tarkibida qat’iy foiz stavkada belgilangan obligatsiyalarning ulushi yuqori bo‘lgan banklarga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatdi4. O‘z navbatida, ushbu nobarqaror holat moliyaviy bozorlarga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatdi.




  1. Download 53,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Download 53,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon moliya bozorlarida 2022-2023-yillarda obligatsiyalarning daromadlilik darajasini oshib ketish sabablari va natijalari

Download 53,48 Kb.