• Tеzaurus
  • Vopadeva
  • Al-kitob” – basralik Sibavayxiy tomonidan yozilgan arab tili grammatikasi “Devonu lug‘otit turk




    Download 33,22 Kb.
    bet14/14
    Sana22.01.2024
    Hajmi33,22 Kb.
    #143104
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    GLOSSARIY 2018

    Translyator dasturlar (yoki kompilatorlar) –algorotmik til bilan inson yoki avtomatik qurilma (kompyuter) o`rtasida muloqotni ta’minlashda vositachi vazifasini bajaradigan dasturlar.
    Tyuring testi – ingliz olimi Alan Tyuring tomonidan ishlab chiqilgan, insonni xatoga yo'l qo'yishga, noto'g'ri tanlov qabul qilishga da’vat qiladigan, chalg`ituvchi empirik test.
    Tеrmin (lot.terminus – “chek”, “chegara”, “chegara belgisi”) – fan, texnika va boshqa sohaga oid tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi. Terminlar bir ma'noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi bilan ham umumiste'moldagi so‘zlardan farqlanadi. Mac., lingvistik terminlar: bo`g`in, urg`u, ega, kesim...; geometriyaga oid terminlar: yuza, to`rtburchak...; fizikaga oid terminlar: harakat,tezlanish, maydon; kimyoga oid terminlar: kumush, ishqor, tuz, rux va b.
    Tеzaurus(yun.thesauros “xazina”) – tilga oid leksik tarkibni to‘la hajmda aks ettiruvchi lug‘at.
    UMUMIY TILSHUNOSLIKing. general linguistics, nem. allgemeine Sprachwissenschaft , rus. obsheye yazikoznaniye. Barcha tillarga hos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadigan fan.
    Vopadeva–sanskrit tili grammatikasi muallifi (XIII asr)
    Vostokov Aleksandr - slavyan tillarini qiyosiy-tarixiy aspektda o’rganish asoschisi (1781-1864)
    Vyakaranasanskrit tili morfologiyasi
    Xrisipp- Stoiklar falsafasi maktabi nomoyandasi (e.a. 280-206)
    XUSUSIY TILSHUNOSLIKrus. chastnoye yazikoznaniye. tilshunoslikning alohida tillarni (jumladan, o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan va h.k.), ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi sohasi. Muayyan tilni o‘rganuvchi mutaxassislar ilmiy tadqiq etuvchi tilning nomi bilan rusist, turkolog, germanist, afrikanist va h.k. deb ataladi.
    Zif qonuni — matnning statistik tahlilida keng foydalaniladigan, katta hajmdagi matnlarda har bir so'zning takrorlanish miqdorini (chastotasini) hisoblashda qo`llanadigan metod. Bunda so'zning chastotasi (f), uning ro'yxatdagi holati qatori (r) deb belgilanadi. Zif qonuniga ko'ra, matnda eng ko'p ishlatilgan so'z r = 1, undan pastroq chastotada kuzatilgan so'z r = 2, undan keyingisi r = 3 tarzida belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, matndagi ixtiyoriy so'z uchun (f) chastotaga (r)ning ko'paytmasi natijasi o'zgarmas miqdor - konstanta (C)ga teng bo'ladi (r4f = C), bu yerda С matn hajmiga bog'liq.
    Сall (Computer Assisted Language Learning) - til o'qitishni avtomatlashtirish – xorijiy tillarni kompyuter yordamida o'qitish tizimini ta'minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash mexanizmlari.
    Download 33,22 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 33,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Al-kitob” – basralik Sibavayxiy tomonidan yozilgan arab tili grammatikasi “Devonu lug‘otit turk

    Download 33,22 Kb.