|
Al-kitob” – basralik Sibavayxiy tomonidan yozilgan arab tili grammatikasi “Devonu lug‘otit turk
|
bet | 9/14 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 33,22 Kb. | | #143104 |
Bog'liq GLOSSARIY 2018Mashina ijodi – san'at asarlarini avtomatik tarzda yaratish jarayoni.
Mashina tarjimasi – Matn (tekst)ni berilgan dastur asosida elektron mashinalar yordamida bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarjima qilish.
Matematik lingvistika– XX asrning 50-yillarida yuzaga kelgan amaliy tilshunoslikning alohida yo'nalishi bo'lib, unda tabiiy tillarning matematik modellarini ishlab chiqish, xususan, sun'iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug'ullanuvchi fan.
MATEMATIK TILSHUNOSLIKtilni ilmiy tadqiq etishda riyoziy (matematik) metodlarning qo‘llanishini o‘rganadigan sohasi.
MATN TILSHUNOSLIGItildagi turli sohalarga tegishli matnlarni (badiiy, ilmiy, texnik, hujjatlar va h.k.) ilmiy tadqiq qilish sohasi
Matnlar korpusi (lot. corpus “tana”) – elektron holda saqlanadigan ma'lum til birliklari .
Matnning statistik tahlili– tilni ehtimollik belgilariga ko'ra tahlil qilish, til hodi-salarini statistik xarakteristikalari asosida baholash.
Metagrammatika (yun. metha “keyin”, gratnmatike “o'qish va yozish san'ati”) – metaqoidalarga asoslangan grammatika; tavsifiy grammatika, formal grammatika, transformatsion grammatika bosqichlaridan so'ng yuzaga kelgan, qayta yozilgan grammatika; programmalash tillarini tavsiflash uchun tabiiy til grammatikasi modeli asosida ishlab chiqilgan metaqoidalar to'plami.
Metalingvistika –
Metatil – formallashgan til.metatilning terminal simvollari, u tildagi so‘zlarni qamrab oladi); S - noterminal to‘plamning boshlang‘ich simvoli, P - qayta ishlab chiqilgan qoidalar. Bunda terminal va noterminal simvollarni birlashtiruvchi V belgisi qabul qilingan, u inglizcha Vocabulary (lug‘at) so‘zidan olingan (VqTVUS). Bu grammatika o‘ta abs- traktlashgan matematik modellarga, informatika nazariyasiga tatbiq etilgan.
Model (lot. modelus “nusxa”, “andaza”, “o'lchov”, “me'yor”) – muayyan original-obyektning hosilasi, moddiy qurilma, grafik, sxema, umuman, bilish vositasi. Model tabiiy obyektlarning imitatsiyasidir (o'xshashi, taqlidiy ko'rinishi), u o'zbek tilidagi qolip, andaza so'zlariga mos keladi. Masalan, globus yerning modeli, o'yinchoq mashina haqiqiy mashinaning modeli.
|
| |