|
Generativ va transformation grammatika
|
bet | 6/14 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 33,22 Kb. | | #143104 |
Bog'liq GLOSSARIY 2018Generativ va transformation grammatika – formallashtirishning negizi hisob-langan grammatika.
Gipertekst – kompyuter lingvistikasida inqilobiy o'zgarish yasagan texnologiya, kompyuterda boshqa matnlarga giperhavolalar yordamida bog'lashga imkon beradigan matn.
Glossematika – 1936 yilda Kopengagenda tarkib topgan strukturalizm maktabi nomi
Grammatika – (yun. “o'qish va yozish san'ati” ; bu tushuncha dastlab xat-savod, imloni o'rgatuvchi fan ma'nosida ishlatilgan) –tilning fonologik, morfologik, sintaktik va semantik belgilarini tavsifiovchi qoidalar majmuyi.
Grimm Yakob – german tillarini qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq etishga bag’ishlangan “Nemis tili grammatikasi” muallifi. German tillariga xos undoshlarning birinchi harakati qonunini isbotlagan.
Ikki tilli lug‘at – bir tilning lug‘aviy birliklarini boshqa tilga tarjima qilib beriladigan lug‘at. Mac., ruscha-o‘zbekcha lug‘at, o‘zbekcha–ruscha lug‘at.
Ikki tillilik – ikki tilda bemalol fikrlay olish; ikki tilni bir xilda egallaganlik; zullisonaynlik.
Implikativ universaliya– Amerikalik olim Jozef Grinberg tomonidan implikatsi-yalar (mantiqiy shartli hukmlar) asosida aniqlangan universaliyalar.
Indekslash –iInformatsion qidiruv tilida hujjatlarga ishlov berish protsedurasi.
Informatsion qidiruv (ingl. “information retrieval”) – ma'lumotlarni qidirish, kerakli hujjatlarni ma'lumotlar bazasidan topishni optimallashtirish tizimi. Masalan, Internetdagi Google, Yandex. Rambler, Yahoo qidiruv tizimlari.
Informatsion qidiruv tezauruslari (lot. thesaurus “xazina”) – matnning asosiy mazmun-mundarijasini aks ettiradigan kalit so'zlar, terminlar, tayanch tushunchalar bazasi asosida kompyuterda tuzilgan lug'at.
Informatsion qidiruv tillari – IQTda qidiruvni ta'minlash uchun yaratilgan maxsus tillar. Informatsion qidiruv tillari bu formal til bo'lib, u IQTda saqlangan hujjatiarning mazmunini tavsiflash va so'rov uchun mo'ljallangan.
|
| |