|
grammatika (context-free grammar)
|
bet | 2/14 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 33,22 Kb. | | #143104 |
Bog'liq GLOSSARIY 20182 grammatika (context-free grammar) - kontekstga bog‘lanmagan grammatika bo‘lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida (ifodalar, buyruqlar tizimida) ishlatiladi.
3 grammatika (regular grammar) - regular grammatika deb ataladi, u juda sodda va cheklangan grammatika bo‘lib, tilning sodda unsurlari uchun ishlatiladi (miqdor, konstantalar, o‘zgaruvchilar uchun).
AKKUMULYATIV FUNKSIYAing. akkumulative function, nem. akkumulative Funktion, rus.akkumulativnaya funksiya. Tilda to‘plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga etkazish vazifasi.
Aksiomatik nazariya – ilmiy nazariya qurilishi, bu nazariya asosida shunday boshlang'ich postulat va aksiomalar qo'yiladiki, qolgan barcha qoidalar (teoremalar) undan kelib chiqadi. U miloddan avvalgi VII - VI asrlarda shakllangan, asoschisi matematik olim Pifagordir.
Algoritm (bu so'zning etimologiyasi buyuk alloma Al-Xorazmiy nomi bilan bog'liq; lotincha «ibtido» ma'nosini anglatuvchi «algoritmus» termini ham mavjud) – ma'lum bir tipga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan jarayonlar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida yoki qoidalar tizimi.
Algoritmik tillar - programmalashtirishga asoslangan, tabiiy tildagidek aniq interpretatorga - insonga yoki avtomatik qurilmaga yo'nalgan sun'iy tillar. Algoritmik tillar imperativ xarakterga ega bo'ladi, ya'ni asosan buyruqlar tizimiga tayanadi (begin - boshla, end - tugalla kabi).
ALOQA VOSITALARI kishilar o‘rtasida muomala jarayonida foydalanadigan ishora va belgilar. Ular ovozli yoki grafik bo‘lishi mumkin.
Amaliy tilshunoslik -
AMALIY TILSHUNOSLIKtilshunoslikning 1. Mashina yordamida tarjima va yozuvi bo‘lmagan tillarni yaratishni tadqiq etuvchi sohasi; 2. Kishilarga xat-savod o‘rgatish sohasi.
Analiz – tabiiy til xususiyatlarini tushunish uchun kompyuterda amalga oshiriladigan morfologik, sintaktik va semantik tahlil. Morfologik analiz morfemalarga ajratish hamda grammatik ma'lumotlar tahlilini o'z ichiga oladi.
|
| |