• 2023 yil.
  • Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiya universiteti




    Download 41.69 Kb.
    Sana14.02.2024
    Hajmi41.69 Kb.
    #156788
    Bog'liq
    Atajonov Jumanazar
    AGROKIMYO STANSIYASI, Bulutli texnologiya Satbaeva, Bulutli texnologiya. Reymbergenov, 6-mavzu. Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan, word, info, Ariza, Sismondi, Prudon va Z. Rodbertus qarashlaridagi umumiylik, xususiylik., DIETARY FOODS THAT TREAT URINARY DISORDERS, Ginekologiya fani., 10 sinf informatika tayyor, 1-mustaqil ish, rul bowqarmasi, 15-mavzu Grafik organayzerlar. Reja Interfaol metodlar mohiyat





    Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiya universiteti
    Urganch filiali Kompyuter injiniringi texnologiyasi yo’nalishi S31-22 guruh talabasi Atajonov Jumanazar "Dinshunoslik" fanidan Mustaqil ishi

    Bajardi: Atajonov Jumanazar


    Qabul qildi: Jumaniyazov Fazliddin

    2023 yil.



    Beruniy asarlarida diniy maraosimlarning ypritilishi.


    O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix, teologiya kabilarni chuqur o‘rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta'lim oldi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so‘g‘diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Xorazmda yashagan davrida xalqlarni diniy qarashlari va hayot tarzini o‘z asarlarida yetarlicha yoritib berdi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yashagan X asrning oxirgi choragi XI asrning birinchi yarmi yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining madaniy va siyosiy hayotidagi muhim bir davr edi. Mamlakatimizda, ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tarixiy merosni tiklash, saqlash, oʻrganish va kelajak avlodning maʼnaviy mulkiga aylantirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Taniqli olim tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov tomonidan nashrga tayyorlagan. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari, istiqlolimizga munosib tuhfa bo‘ldi. Al Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan.
    Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan.
    Uning to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma’lumot kam, faqat chin yetim bo’lganligi ma’lum. Burni katta bo‘lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan. Biroq, ko‘rimsiz tashqi ko‘rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo‘lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog‘ida Beruniy shunday yozadi: “... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi...”
    U mukammal matematik va falsafiy bilim edi. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo‘yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo‘lgan.
    Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, Xorazmning xo‘jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan - yer sug‘orilishi va savdo sayohatlari haqida yozilgan
    U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi.
    Beruniyning bu sohalardagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq bo‘lib xizmat qildi. Beruniy Yer radiusini uning aylana shaklga egaligidan kelib chiqqan holda, deyarli aniq belgilagan (6000 km dan ortiq). Beruniy ayrim astronomik muammolar asosida qadim yunon va qadim hind faylasuflarining taraqqiyparvar g‘oyalarini qabul qilib, ularni takomillashtirgan: to‘q jismlar, ya’ni sayyoralardan farqli o‘laroq, Quyosh va yulduzlarning bir xil olovli tabiatini ma’qullagan; yulduzlar harakatini aniqlab, Yerga nisbatan ularning bahaybat o‘lchamini belgilagan; Yerning tortish kuchini o‘rgangan. Beruniy Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma’qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo‘ygan.
    U shafaq va kun botishi ufq orqasida yashiringan quyosh nurlaridagi chang zarralarining chiqishi oqibatida yuzaga kelishini tushuntirib bergan. Quyosh tutilishi vaqtida (Quyosh toji) atrofida paydo bo‘luvchi yorqin tarovat haqida “Tutunga o‘xshash” tabiat fikrini aytgan. Beruniy geodezik o‘lchovlarning astronomik usullarini ishlab chiqqan. V. Snelliusdan 600 yil avval masofada trigonometrik o‘lcham usulini taklif qilgan. O‘sha davrlarda foydalanilgan (astrolyabiya, kvadrant, sekstant) asosiy astronomik asboblarni mukammallashtirgan. 400 yil davomida dunyodagi eng katta hisoblangan radiusi 7,5 metrlik birinchi siljimas kvadrantni Quyosh va sayyoralarni kuzatish uchun ixtiro qilgan. U tomonidan olib borilgan ekliptikaning ekvatorga egilganligini o‘lchash ishlari aniqligi bo‘yicha ko‘p asrlar davomida tengsiz bo‘lgan.
    “Qadimiy xalqlar xronologiyasi” nomli ilk asarida (1000 yil) Beruniy o‘sha davrlarda ma’lum bo’lgan barcha xalqlarga tegishli solnoma tizimlarini ta’riflab chiqqan. U tomonidan qilingan astronomik tadqiqotlar va boshqa ilmiy ishlar “Astronomiyaning asosiy boshlanish sharhlari kitobi”da yozilgan.
    Kot va Qo‘rg‘on shaharlarida mahalliy boshqaruvchilar saroylarida, keyinroq shoh Ma’mun saroyida Xorazmda yashagan, taniqli olimlar jamlangan akademiyani boshqargan. Unda Ibn Sino hamda al-Xorazmiylar algebra fani asoschilari bo‘lishgan. Ibn Sino bilan o‘zaro yozishmalari saqlanib qolgan. Unda Arastu kitobi haqida mulohazalar bilan almashinilgan.
    1017 yildan boshlab, ya’ni Xorazm sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, G‘azna shahrida sulton Mahmud va uning vorislari Ma’sud hamda Ma’dudlar saroyida yashaydi, Mahmudning Hindistonga qilgan safarlarida qatnashib, bir necha yil shu yerlarda yashaydi ham. Al Beruniy ijodida “G‘azna” bosqichi eng sersamara bosqich bo‘lgan. Shu yillar Hindistonga qilingan safarlari uning tayanch asari bo‘lmish “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi” (“Hindiston” 1030 yil tamomlangan) dan joy olgan. Sulton Mahmudning o‘limidan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud egallaydi. U Beruniyga juda iltifotli bo‘lgan. Beruniy M’sud haqida shunday deydi: “U menga butunday ijod bilan shug‘ullanishim uchun sharoit yaratib berdi, meni o‘z rahnamoligiga oldi...”.
    Bu yillar Beruniy umumiy jahon xaritasi keltirilgan eng asosiy asari “Ma’sudning astronomiya va yulduzlarga oid qonuni” asarini yozadi.
    Beruniyning ilmiy merosi 150 ta asarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir. Tabiat hodisalarini tekshiruvchi olim o‘rnida u raqamlar tushunchasi kengayishi, kubik tenglamalar nazariyasi, sferik trigonometriyaga o‘z hissasini qo‘shgan, trigonometrik jadvalini tuzgan. Arab, fors, yunon, suriy va sanskrit tillarini bilgan va bir tildan boshqasiga tarjima qilishning tabiiy-ilmiy terminologiyalari qoidalarini ishlab chiqqan.
    1030 yil yakunlangan “Hindiston” asarida hindlarning yashash tarzi, madaniyati va ilm-fanlari haqida batafsil ma’lumot bergan, ularning diniy-falsafiy tizimlarini bayon qilgan. Al Beruniy o‘z ishlarida taqqosiy usuldan foydalangan: “Men hindlarning borlik nazariyasini keltirmoqdaman, bir vaqtning o‘zida yunonlar nazariyasini ham keltirib o‘tmoqdamanki, bu ikki xalqning o‘zaro bog‘liqligini yoritmoqchiman”, deb yozadi. Shu bilan birga u Gomer, Platon, Arastu, Galen va boshqa yunon olimlarini ham eslab o‘tgan, hind va islom fikrlarini taqqoslagan, ayniqsa, so‘fiychilik ta’limotini alohida ajratib, hindlardagi sankxi va yoga nazariyalariga juda yaqinligini aytgan. Turli xalqlar an’analarini taqqoslar ekan, slavyanlar, tibetliklar, xazar, turk va boshqa xalqlarning turmush tarzi an’analari haqida aytib o‘tgan.
    Al Beruniy tomonidan arab grafikasi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi ko‘p jihatdan hind tilidagi so‘zlarni urdu tiliga o‘girish bo‘yicha zamonaviy tizimidan ilgarilagan.
    “Hindiston” asarini yozish bilan bir vaqtda “Sankxi” va “Yogasutra Patandjal” asarlarini arab tiliga tarjima qilib, Ptolomeyning “Evklid va Almagesi”ini sanskritga qayta ishlashni boshlagan.
    Tadqiqotchi o‘rnida al Beruniy bilimni astoydil tajriba bilan tekshirish kerakligini alohida ta’kidlagan: tadqiqotlar vaqtida yuzaga keluvchi ikkilanishlarni “bartaraf qilish... mumkin ham, shuningdek, qayta tekshirish ham”. Al Beruniyning tadqiqotchilik bilimi mushohadaga taqqoslangan edi. Go‘yo Arastuning kosmik tizimga oid mushahadalarini shubhaga qo‘ygani kabi.
    Qarilik chog‘ida ko‘z nuridan ayriladi, lekin hayotining so‘nggi daqiqalarigacha hayot “mexanizmi” tetik ruhdadir, degan. Yerga 1048 yil G‘azna shahrida qo‘yilgan.
    Beruniy yashagan X asrning oxirgi choragi XI asrning birinchi yarmi yaqin va Oʻrta Sharq xalqlarining madaniy va siyosiy hayotidagi muhim bir davr edi. U IX asr oxiridan boshlanib, deyarli to XIII asr boshlarigacha davom etgan boʻlib, bir vaqtlar arab xalifaligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda yuksak madaniy taraqqiyot va katta siyosiy oʻzgarishlar yuz bergan. Bu taraqqiyot va oʻzgarishlar shu qadar keskin hamda olamshumul ediki, uni, hatto islomning ilk asrlardagi rivojlanishi bilan ham solishtirib boʻlmas edi. XIX asrda yashagan shveysariyalik sharqshunos va tarixchi Adam Mes bu davrni har tomonlama tahlil qilib, “Musulmon Renessansi” davri deb atadi. Abu Rayhon Beruniy ana shu “Musulmon Renessansi” ning faol qatnashchilaridan va uni shakllantiruvchilaridan biri edi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” («Osor al-Boqiya») asari arab tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan boʻlib, «Osor alboqiya»da izohlar yangidan ishlanib, koʻrib chiqilib, oʻrganilib, ularda tarixiy masalalar, aniq fanlarga oid muammolar keng yoritildi. Kitobda, qadimgi xalqlarning, xususan vatanimiz hududidagi sugʻdlar, xorazmliklar va undan tashqari musulmonlar, xristianlar, yahudiylarning etnik kelib chiqishi, yashash tarzi, psixologiyasi, urfodatlari, bayramlari, turli mamlakatlarda hukm surgan podshohlar, imperator sulolalari haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoʻlga kiritadi”, - deb yozadi. Beruniy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi, yaʻni jamoani idora etuvchi adolatli, dono boʻlishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koʻra bilishi, boshqalarga gʻamxoʻr boʻla oladigan felatvorga ega boʻlishi xalqi baxt va saodatga erishuvi uchun ularni baxtli-saodatli qila oladigan jamoa rahbari boʻlishi kerak deydi. Maʼlumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi boʻlgan yurtimiz zaminidan, oʻrta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz-avliyolar yetishib chiqqan. Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning maʼnaviy mulki hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniyning mazkur asaridagi keltirilgan xalqlar madaniyati , psixologiyasi o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘sha davrda yashagan xalqlarning dunyoqarashi, xalq ongini va xalqnig ruhiy mohiyatini o‘rganish, ruhiyat qonunlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini va toifalanishlarini tushuntirib berganlar. Tajriba usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o‘rganadi,
    Abu Rayhon Beruniy xalqlar birlashmasini madaniy-siyosiy markazlariga va iqlim belgilariga qarab guruhladi, aholining xayot tarzini e‘tiqodlarida aks etgan ruhiyat olamini meros qilib qoldirib ketgan. Diniy tasavvur, diniy talimotlar rivojida diniy-axloqiy ustunligi, inson hulqi, manfaatlarining diniy g‘oyalarda yetakchi mavzuga aylanishi, ichki manaviy kamolot, Allohga yaqinlashuvga ma’naviy-ruhiy yuksalish yordamida muyassar bo‘lish haqida va kamolotga erishishdan avval o‘zini hirs-havaslardan shunday tozalash lozimki, bunga xulq-axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so‘ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib olishga boshlovchi nafsini, jonini, ruhini tozalash zarurligini barcha asarlarida keltirib o‘tgan. Beruniy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, koʻpchilik manfaatini yuqori qoʻyish, haqiqat, ma‘naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma‘rifatli bo‘lishidir. SHuning uchun ham Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Beruniyning axloqni xulq me‘yorlari ifodasi sifatidagina emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko‘ramiz. Xulosa qilib aytganda, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” («Osor al-Boqiya») asari, nafaqat ushbu asar balki, barcha asarlari biz uchun o‘rni beqiyosdir. Etnopsixologiyaga qo‘shgan ulkan xissalari barcha asarlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o‘rganish va ularni hamjihatlikda, sof e‘tiqodda ushlab turish ana shu zamonning olim-u fuzalolariga bog‘liq bo‘ladi. Biz esa o‘z zamonasining yetuk namoyondasi bo‘lgan Abu Rayhon Beruniyni shu ma‘rifat chiroqlaridanligini baralla ayta olamiz. Uning fikricha inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi. Shuningdek, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, oʻqituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni oʻzicha bila olmaydi bunga esa ilm kerak. Biz yoshlardan asosiy talab qilinadigan narsa bu shijoat va mehnatdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta’limoti inson ruhiyati hamda ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga egadir.

    Asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari

    Asosiy adabiyotlar


    Dinshunoslik asoslari. О‘quv qо‘llanma / Ochildiyev A. va boshqalar. –Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. – 320 b.
    Dunyo dinlari tarixi/tuzuvchilar: S.Agzamxodjayev, D.Rahimjonov, N.Muhamedov va b. – Toshkent: ToshdSHI, 2011. – 262 b.
    Qо‘shimcha adabiyotlar
    О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. –Toshkent: О‘zbekiston, 2014. – 76 b.
    Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq sо‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

    Internet saytlari


    http//www.tiu.uz
    http//www.religions.uz
    http//www.muslim.uz
    http//www.islamcenter.uz
    http//www.ziyo.uz
    http//www.hidoyat.uz
    Download 41.69 Kb.




    Download 41.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiya universiteti

    Download 41.69 Kb.