• Radioaktivlik α, β, γ yemirilish.
  • Radioaktivlik . Alfa , betta va gamma yemirilishi




    Download 119.7 Kb.
    bet6/11
    Sana21.09.2022
    Hajmi119.7 Kb.
    #26215
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    azizzzz
    Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), тестлер стандарт модель13, Kaykovusning Qobusnoma asari, анкета жумаев
    Radioaktivlik . Alfa , betta va gamma yemirilishi.

    1932 yilda rus fizigi D. D. Ivanenko va nemis fizigi V. Geyzenberg birbirlaridan mustaqil ravishda atom yadrosi ikki xil elementar zarra proton va neytronlardan tashkil topgan degan fikrga keldilar. Bu zarralar nuklonlar deb ataladi. Proton musbat zaryadlangan zarra bo’lib uning zaryadi elektron zaryadiga teng. q =q =1,6× Kl, massasi esa m =1,67× Yadro tarkibida protondan tashqari zaryadsiz (q =0) neytron (n) mavjud bo’lib uni massasi proton massasiga teng. Yadrodagi nuklonlar ya’ni proton va neytronlar sonini A-bilan belgilanib, uni yadroning massasi soni deyiladi: A=Z+N Z- yadrodagi protonlar, N-yadrodagi neytronlar soni. Z- D. Mendeleevning elementar davriy sistemasidagi ximiyaviy elementning tartib nomeri bo’lib u yadroning zaryadini aniqlaydi, ya’ni q =z . Yadro belgisi X . Tajribalarda yadrolarning shakli sferaga yaqinligi va bu sferaning radiuslari yadroning massa soni 1/3 darajasiga proporsional ekanligi aniqlangan. Yadro moddaning zichligini esa taribay ravishda quyidagicha aniqlash mumkin. Demak yadro moddaning zichligi yadro tarkibidagi nuklonlar soniga bog’liq emas.
    Uning qiymati shu qadar kattaki, yadroviy modda zichligidek zichlikka ega bo’lgan jismdan yasalgan, radiusi 200 metr chamasidagi sharning massasi Yerning massasiga teng bo’ladi. Tartib nomeri bir xil, massa soni har xil bo’lgan elementning yadrolarini izotoplar deyiladi: ; ; ; ; ; Yadroning m massasi uning tarkibiga kiruvchi hamma zarralar massalarining yig’indisidan hamisha kichik. Chunki nuklonlar birikib yadro hosil qilganda nuklonlarning o’zaro bog’lanish energiyasi ajralib chiqadi. Yadroning bog’lanish energiyasi yadro tarkibidagi nuklonlarni ajratish va uning bir-biri bilan deyarli ta’sir qilishmaydigan masofaga uzoqlashtirish uchun bajarish zarur bo’lgan ishga teng.

    Radioaktivlik α, β, γ yemirilish.
    Radioaktivlikni birinchi marta 1896 yilda Fransuz olimi Bekkerl kuzatgan. Uran va uning birikmalari o’z-o’zidan chiqargan nurlar jismlardan parron o’tgan, fatoplastinkaga ta’sir qilgan, havoni ionlashtirgan. Keyinchalik radioaktivlikni Per Kyuri va Mariya Kyuri Skladovskayalar har tomonlama tekshirdilar. Beqaror ximiyaviy element izotoplarining elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib o’z-o’zidan boshqa element izotopiga aylanishi radioaktivlik deyiladi. Bunday aylanishlar: 1) a-yemirilish; 2) b- yemirilish; 3) protonli ridioaktivlik va 4) og’ir yadrolarning sponton ravishda bo’linishi jarayonlarida sodir bo’ladi. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda bo’ladigan radioaktivlik tabiiy radioaktivlik deyiladi. Yadro reaksiyalari vositasida olinadigan izotoplarning radioaktivligi sun’iy radioaktivlik deyiladi. Sun’iy va tabiiy radioaktivlik orasida farq yo’q. Radioaktiv yemirilish qonuni N= formula bilan ifodalanadi. Bunda –boshlang’ich paytdagi yemirilmagan atomlar soni, N-biror T paytdagi yemirilmagan atomlar soni, λ-radioaktiv moddaga xarakterli bo’lgan konstanta, u yemirilish doimiysi deyiladi. Boshlang’ich paytdagi atomlar miqdorining yarmi yemirilishiga ketadigan vaqt moddaning yarim yemirilish davri (T) deyiladi va quyidagi shartdan aniqlanadi. Bundan Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan radioaktiv moddalarning yarim yemirilish davri 3× sekundan tortib 5× yilgacha boradi. Radioaktiv yemirilish natijasida hosil bo’lgan yadrolar radioaktiv bo’lishi mumkin. Radioaktiv modda uch xil nurlanish manbaidir. Ulardan biri magnit maydoni ta’sirida musbat zaryadi zarralar oqimining og’ish yo’nalishida og’adi, ular a-nurlar deb ataladi. b-nurlar deb atalgan ikkinchi nurlanish avvalgiga teskari yo’nalishda, ya’ni manfiy zaryadli zarralar oqimi og’adigan yo’nalishda og’adi.
    β-yemirilish uch xil bo’ladi.
    yemirilish bunda yadrodan elektron chiqadi.
    yempirilshda yadrodan pazitron ajralib chiqadi.
    Elektron yutish. yemirilshda yadrodagi bitta neytron protonga aylanadi.

    Nihoyat magnit maydon ta’siriga berilmaydigan uchinchi nurlanish γ nurlar deb ataladi. γ-nurlar to’lqin uzunligi juda qisqa ( Å dan 1Å gacha) bo’lgan elektromagnit nurlanish ekanligi aniqlandi. Yemirilayotgan yadrodan α-zarralar (ya’ni yadrolar) juda katta ( sm/sek) tezlik bilan uchib chiqadi.


    Ekzotik radioaktiv yemirilishlar 9 qismga bo’linadi:
    1.Asosiy holatdagi yadrodan protonlarning yemirilishi:
    2. Izomer holatdan protonlarning nurlanishi ;
    3. Kechikuvchi protonalarning nurlanishi;
    4. Kechikuvchi ikki protonning yemirilishi ;
    5. Kechikuvchi alfa zarrachalarning nurlanishi;
    6. Kechikuvchi neytronlarning nurlanishi;
    7. Ikki va uchta neytronlarning nurlanishi;
    8. Klasterli radio aktivlik nurlanish ;
    9. Kechikuvchi bo’linish jarayonlari;

    Download 119.7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 119.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Radioaktivlik . Alfa , betta va gamma yemirilishi

    Download 119.7 Kb.