Umar Nafiy g‘azallaridan
Oshiqqa hech ta’na qilmang, mubtalodir naylasin,
Odamga mehru muhabbat bir balodir naylasin.
Ko‘ngli dilbardan uzilmasa ajabmi oshiqning,
G‘amzasila to azaldan oshinodir naylasin.
Zulfiga qolsa parishon aylamasdi dillarni,
Ani tahriq1 aylagan bodi sabodir naylasin.
Netsin, bo‘lsa muhtarib2 holi dili ushshoqdan,
Siynasi oyinayi olam namodir naylasin.
Bo‘lmasa Nafiy ne qilgay dilbasta zulfi dilbara,
Tab’i sho‘xi doma tushmas bir humodir naylasin.
* * *
Bahor bo‘lsa, yana sayru guliston bo‘lganin ko‘rsam,
Go‘zal sayr aylamoq ushoqqa oson bo‘lganin ko‘rsam.
Latofatdan ko‘rinsa osumonning aksi har yerda,
Chamanda o‘zga bir olam namoyon bo‘lganin ko‘rsam.
Yana roz duxtarin1 paydo etib azmi qaror etsam,
G‘aming xotirda nopaydoyu pinhon bo‘lganin ko‘rsam.
Qizarsa, gul-gul o‘lsa, tobi maydan ro‘yi so‘zonim,
Ruhi jononi ham, gul ham guliston bo‘lganin ko‘rsam.
Safodan bir-birining siynasin chok etsa dilbarlar,
Go‘zallar mast bo‘lib dasti giribon bo‘lganin ko‘rsam.
Boqib goh siynayi jonona, goh jomi mayi noba,
Dili devona barru2 bahra sulton bo‘lganin ko‘rsam.
Muxassal3 bundayin bir kun ko‘rmasdan o‘lsam, ey Nafiy,
Falak men o‘lmayin hok ila yakson bo‘lganin ko‘rsam.
|