XVII asrdagi ijtimoiy hayot va adabiy muhitga umumiy nazar




Download 457 Kb.
bet45/63
Sana11.06.2021
Hajmi457 Kb.
#14924
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63

XVII asrdagi ijtimoiy hayot va adabiy
muhitga umumiy nazar


XVI asr usmonlilar davlatining katta o‘zgarishlarga yuz tutgan davri edi. Qonuniy Sulton Sulaymonning o‘limidan so‘ng taxtga o‘tirgan Salim II ham Qonuniy yo‘lini davom ettirdi. Davlatning iqtisodiy ahvoli, ichki va tashqi siyosat bir maromda saqlanib turdi.

XV asrda rivojlanishi bir oz susaygan devon adabiyoti XVI asrga kelib o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga chiqdi va bu rivojlanish XVII asrda ham davom etdi.

Asr boshlarida turk-islom madaniyati hukm surgan joylarda o‘ziga yarasha muammolar paydo bo‘lgan edi. Markaziy Osiyoda yuz yillardan buyon hukm surib kelayotgan siyosiy vaziyatdagi ichki ziddiyatlar tugatilmagan, Oltin O‘rdadagi To‘xtamish o‘rta­dan ko‘tarilgandan keyingi paydo bo‘lgan bo‘shliq to‘ldirilmagan edi. Oltin O‘rda davlatidagi beqaror vaziyat chor Rossiyasining Hazar dengiziga chiqishi va O‘rta Osiyo tomon ilgarilashiga qulay vaziyat tug‘dirdi. Ispanlar tomonidan Amerikaning kashf qilinib, yangi dengiz yo‘llarining ochilishi ham usmonli imperatorligini iqtisodiy buhronga olib kelgan omillardan biri bo‘ldi.

Garchand XVII asr boshida Sulton Mehmed III (1595–1603) “Xachova” jangida g‘olib kelib, Yevropada usmoniylarning mav­qei biroz mustahkamlangan esa-da, 1606 yil Sulton Ahmad I (1603–1617) tomonidan, “Zitvatoron” shartnomasining imzolanishi usmonlilar Yevropada olg‘a siljishiga chek qo‘ydi. Davlatning ichidagi ziddiyatlar va ayniqsa Eron shohi Abbos I Turkiyaga urush ochishi imperiyani yanada zaiflashtirdi. Ammo Turkiya uchun eng katta xavf Yevropaga nisbatan ilm-fan, madaniyat rivojining to‘xtab qolganligi edi. Yevropada renessansdan so‘ng shiddat bilan rivojlanayotgan madaniy va iqtisodiy holat Turkiyada aksincha edi. Sulton Ahmad I o‘limidan so‘nggi taxt talashishlar, davlat tepasidagi shaxslardagi beqarorlik, ichki nizolar davlatni yanada zaiflashtirardi. 1648 yil taxtga o‘tir­gan Mehmed IV gina bu tanazzulni biroz to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. XVI asrdagi usmoniylar shavkatini tiklash uchun qo‘li­dan kelgancha urindi. Mehmed IVning onasi Turxan Volida Sulton siyosatda ham so‘zi o‘tadigan ayollardan bo‘lib, sadra’zamlikka Ko‘prulu Mehmed Poshoni qo‘ydirishga muvaffaq bo‘ladi. Mehmed Posho davlat tizimida bir qancha o‘zgarishlar qiladi. Mehmed Posho vafotidan so‘ng uning o‘rniga sadra’zam bo‘lgan o‘g‘li Fozil Ahmad Posho davlat miqyosida birmuncha ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Yevropa siyosatini yaxshi bilgan, zamonaviy ilm-fandan xabardor Fozil Posho harbiy islohotlar qilib, Girid jangida zafar qozongandi. Bu bilan usmoniylarning mavqei biroz mustahkamlangandek bo‘ldi. Fozil Poshoning o‘limidan so‘ng, 1699 yilda imzolangan “Karlovcha” shartnomasi davlat va millat uchun ko‘p zararli shartnoma bo‘ldi.

1642 yilda Istambuldagi kuchli zilzila yoki 1645 yilda sodir bo‘lgan kun va oy tutilishlari ham afkor omma o‘rtasida turlicha fikrlar uyg‘otdi, hukumatga bo‘lgan ishonchni susaytirdi. Hatto usmonlilar davlatining tamomila tanazzuli haqida gap-so‘zlar ham bo‘ldi. Ana shunday ijtimoiy muhitda adabiyot, adabiy hayot o‘sishdan to‘xtab qolgani yo‘q. Fuzuliy va Boqiy kabi ustoz deya tan olingan shoirlarning an’analari davom ettirildi. XVII asrda ham turk adabiyoti tarixida salmoqli o‘rni bo‘lgan shoirlar yetishib chiqdi. Bu davrda hukmronlik qilgan sultonlarning ko‘pchiligi shoir bo‘lganligi yoki adabiyotni juda sevganligi adabiyot rivojlanishidagi muhim omillardan bo‘l­di. Darhaqiqat XVII asrda hukmronlik qilgan sultonlar Mehmed III “Odiliy”, Ahmad “Baxtiy”, Murod IV “Murodiy” taxalluslarida ijod qilganlar. Istambul ham siyosiy, ham madaniy-adabiy markaz bo‘lib qolaverdi. Adabiyot asosan an’anaviy yo‘lda rivojlandi. Oshiqlar ijodida ham, devon adabiyotida ham poeziya asosiy adabiy tur bo‘lib qolaveradi. Bu asr adabiyotidagi o‘ziga xoslik, poeziyadagi yangi janrlar-satirik va didaktik asarlarning yaratilishi bo‘ldi. Aniq fanlarning ri­vojlanishi adabiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Kotib Chalabiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Mustafo ibn Abdulla (1609–1657) geografiya, tarix, astranomiya, falsafa, adabiyotga oid o‘nlab kitoblar yozdi. Ayniqsa, uning bibliografik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kitobida 8000 ga yaqin arab, fors, turk mualliflari haqida ma’lumotlar berilganligi ahamiyatlidir. Mashhur sayyoh Avliyo Chalabiy (1611–1670 yoki 1681) Suriya, Falastin, Misr, Mojariston, Polsha, Avstriya, Germaniya, Daniya, Fransiya, Ukraina, Moldaviya, Volga bo‘yiga, O‘rol, Kavkaz, Qrim va yana boshqa ko‘pgina davlatlarda bo‘lib, ko‘rgan-kechir­ganlarini o‘z “Sayohatnoma”sida aks ettirdi. XVII asrda ko‘plab adabiy tazkiralarning tuzilishi, grammatikaga oid ilmiy asarlar yozilishi diqqatga molik.

Sodiqiy Kitobdorning “Majmuai Havas”, (A. Navoiyning “Majolisun Nafois” asari ta’sirida yozilgan), Riyoziy Mehmed Afandining “Riyozush Shuaro”, Sayyid Mehmed Rizoning “Rizo Tazkirasi” shular jumlasidandir.

XVII yuz yilda she’riy asarlar bilan barobar, ozroq bo‘lsa-da nasriy asarlar ham yaratildi. Nargiziyning (?–1635) nasriy “Xamsa”si, yuqorida nomlari zikr etilgan Kotib Chalabiy, Avliyo Chalabiylarning “Sayohatnoma”lari bunga yaxshi misoldir. Bu davrda me’morchilik, rassomchilik va kitob bezagi san’ati ham ancha rivojlandi. Me’mor Mehmed Og‘aning “Ahmadiya” mas­jidi rassom Naqshiyning asarlari o‘z davrida dovruq taratdi. XVII asr turk she’riyatining yorqin yulduzlari Nafiy, Yusuf Nabi, Aloviddin Sobit, Ruhiy, Vaysiylar ijodi o‘rta asrlar turk nazmining eng yaxshi namunalari bo‘lib qoldi.


Download 457 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63




Download 457 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XVII asrdagi ijtimoiy hayot va adabiy muhitga umumiy nazar

Download 457 Kb.