Alimbekov adhambek




Download 457 Kb.
bet46/63
Sana11.06.2021
Hajmi457 Kb.
#14924
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63

NAFIY
(1582–1636)


Asli ismi Umar bo‘lgan XVII asrning mashhur shoiri Nafiy Arzirumga yaqin bo‘lgan Hasanqal’a degan joyda tug‘ilgan. Nafiy taxallusini unga do‘sti, davrining taniqli tarixchisi Ali G‘olib o‘g‘li bergan. Ijodining ilk davrida shoir Zarriy taxallusi bilan she’rlar yozgan.

Nafiyning otasi Qrim xonlari xizmatida edi. Yoshligidayoq iste’dodi namoyon bo‘lgan bo‘lajak shoirni Murod Posho Istambulga olib keltiradi. Sulton Ahmad I davrida poytaxtga kelgan Nafiy Usmon II, Mustafo kabi sultonlarga qasidalar yozgani ma’lum. Ammo Murod IV Nafiyga juda katta g‘amxo‘rlik qiladi. Shoirning eng ijodi gullagan davr ham Murod IV homiyligidagi vaqtdir. O‘zi ham she’rlar yozgan Murod IV “she’r olamining sultoni bo‘lgan bu toza so‘zlovchi shoirga” ashaddiy muxlis bo‘lgani ma’lum. Sulton shoirni xos majlislarga chaqirar, uzoq suhbatlar qurar, she’rlarini tinglab katta-katta ehsonlar berardi. Sultonning “erkatoyi” bo‘lgan, juda yaxshi ma’lumotli, arab, fors tillarini bilgan Nafiy haqida tazkiralarda ma’lu­motlar kamligi haqida savol tug‘ilishi mumkin. Aytishlaricha Nafiy juda “achchiq tilli” shoir bo‘lgan. U o‘z satirik she’rlarida yirik amaldorlar, davlat miqyosidagi kishilarni ham hajv qilgan. Shuning uchun uning dushmanlari ham ko‘p bo‘lgan, balkim shu sabab zamondoshlari shoir haqida yozishni xush ko‘r­magandirlar.

Murod IVning Nafiyga homiylik qilishini ularning tabiatan, bir-biriga o‘xshashligi bilan izohlashadi, ayrim adabiyotshunoslar (Masalan: Ahmad Qaboqli). Shuning barobarida Murod IV avvalgi sultonlarga nisbatan adabiyot, san’atga e’tibor ko‘rsatib, davlatda tinchlik-osoyishtalik hukm surayotganini isbotlamoqchi ham bo‘ldi. XVII asrdagi tashqi va ichki nizolar usmonlilar imperiyasini ancha charchatib qo‘ygandi. Murod IV davlatning avvalgi ulug‘vorligini ilm-fan, adabiyot, madaniyatga rag‘bat ko‘rsatish bilan biroz bo‘lsa-da tiklashga urindi. Murod IV shoirni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, gohida ranjigan vaqtlari ham bo‘lgan. Lekin, bu uzoqqa cho‘zilgan emas. Nafiyning satirik asarlari, sultonga yoqsa ham, tanqid qilingan shaxslarga yoqmasdi, albatta. Nafiy hajviy asarlarini to‘plab “Sihomi qazo” (“Taqdir o‘qlari”) deb ataydi va sultonga taqdim qiladi. Murod IV Beshiktoshi saroyida “Sihomi qazo”ni o‘qib o‘tirarkan, nogoh havo o‘zgarib, shohning yoniga yashin kelib tushadi. Bundan huzursizlangan va o‘zgacha ma’no kashf etgan sulton Nafiyni chaqirtirib keltiradi va unga bunday hajviy asarlar yozmaslikni tayinlaydi. Shoir ham so‘z beradi. Ammo biroz vaqt o‘tgach Nafiy, sultonning kuyovi vazir Bayram Posho haqida hajv yozadi. Bundan g‘azablangan Bayram Posho Nafiyni jazolashga sultonning roziligini olishga erishadi. Shoirni aldab saroyga chaqirtiradi va yerto‘lada bo‘g‘ib o‘ldirtirib jasadini dengizga uloqtirtirib yuboradi. Biroq Nafiy yozgan hajviy asarlar xalq o‘rtasida tezda mashhur bo‘lib ketgandi.

Nafiy adabiy merosini uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi, turk tilida yozilgan “Devon” bo‘lib, “so‘zim” radifli na’t bilan ochiladi. “Devon”da Mavlono Jaloliddin Rumiyga madhiya va 57 qasida bor. Shuningdek 119 ta g‘azal, tarkiband shaklida yozilgan “Soqiynoma” hamda qit’a, ruboiylar bor.




Download 457 Kb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Download 457 Kb.