13-MAVZU. DA’VO
Tayanch iboralar: sudda da’vo ishlarini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlar, da’vo tushun chasi, uning elementlari va turlari, da’voga bo‘lgan huquq va da’vo qo‘zg‘atish huquqi, bir necha talabni birlashtirish va ajratish. Javobgarning manfaatlarini himoya qilish, da’voga karshi e’tiroz bildirish (moddiy huquqiy va protsessual huquqiy e’tiroz), qarshi da’vo, qarshi da’voni qo‘zg‘atish tartibi, kelishuv bitimi va uning oqibatlari, da’voni ta’minlash va uni bekor qilish tartibi, da’voni ta’minlash choralari, jinoiy ishlarda fuqaroviy da’volar.
Dars o‘tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma’ruza tarzida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalari hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining me’yor - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o‘tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Har bir fuqaro yoki manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarini tiklash uchun fuqarolik sudlariga da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan murojaat qilishi mumkin va bu huquqlarning asoslari FPK ning 1-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Sudda da’vo qo‘zg‘atish huquqi fkuqarolar, davlat manfaatlarini va tashkilotlarning shaxsiry va mulkiy huquqlarini himoya qilishning protsessual vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Fuqarolik da’vosi nafaqat fuqarolik sudlarida balki jinoiy sudlarda ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Yuridik adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha da’vo so‘zining bir qancha ma’nosi mavjud bo‘lib bular:
- xun da’vosi o‘ldirilgan kishining qoniga qon olish yoki qonun bilan jazo talab etish:
- birovni ayblash yoki tuhmat qilish da’vosi:
- o‘zida yo‘q haq huquqlarni yoki xislat fazilatlarni e’tirof etilishi yo‘lidagi talab qilishga bo‘lgan noo‘rin yoki nohaq urinish talabi, da’vo qilishi va boshqalar bo‘lishi mumkin1.
Fuqarolik da’vo ishi nizoli bo‘lib ko‘riladi. Bunday ishlarda albatta nizolaShuvchi taraflar, da’vogar va javobgar qatnashadi va ular o‘rtasida nizoli huquqiy talab bo‘ladi. Agarda nizoli huquqiy talab bo‘lmasa da’vo ham nizoli sud ham bo‘lmaydi.
Har qanday fuqarolik da’vosining ikki tomoni mavjud bo‘lib ular qo‘yidagilarda o‘z mazmuninii topadi:
Birinchidan, moddiy-huquqiy tomoni bunda avvalo da’vogarning javobgarga nisbatan muayan nizoli moddiy-huquqiy talabi bo‘lishi, masalan, Biron-bir ashyoningtopshirilishi, pul to‘lanishi, xizmat ko‘rsa-tilishi, zararning qoplanishi xususidagi talablardan iborat bo‘ladi.
Ikkinchidan, protsessual huquqiy tomoni bunda taraflar o‘rtasida kelib chiqqan nizoning mazmunan hal qilinishi va buzilgan yoki nizoli huquqlarning qo‘riqlanishi to‘g‘risida sudga iltimos bilan murojaat qilinishi hisoblanadi.
E.E.Egamberdievning fikricha, da’vo, yani nizoli moddiy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan va muayan protsessual tartibda ko‘rish va hal qilish uchun sud yoki boshqa vakolatli organga qo‘zg‘atilgan talab tushunchasi bilan da’voga bo‘lgan huquq tushunchasi chambarchas bog‘liqdir deb ta’kidlaydi1.
Da’vo ishlarini yuritishning protsessual asosi va tartibi FPK ning 21-bobida ko‘rsatilgan. Ushbu bobning 239-moddasida suda da’vo ishlarini yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga fuqarolik munosabat-laridan, mehnatga oid, oilaga, uy-joyga doi rva boshqa huquqiy munosabatlardan kuelib chiqadigan da’volar bo‘yicha ishlar kiradi, basharti, qonun hujjatlarida ularni ko‘rishning o‘zga tartibi belgilan-magan bo‘lsa Shular asosida ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Da’vo ishlarini yuritishning sudlovga talluqligi 241-moddada belgilangan. Ushbu moddani biz fuqarolik igshlarining sudga talluqlilik mavzusini ko‘rib chiqqanda ushbu moddani tartibini asosini ko‘rib chiqqan edik.
Fuqarolik ishlarini suda da’vo tartibida ko‘rishda uning elementlari ham muhim hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqining nazariy asoslariga ko‘ra da’volar ikki elementdan iborat ekanligi belgilangan, da’vo predmet iva da’vo asosidan iboratligi qayd qilingan.
Da’voning predmetiga da’vogarning talabi, yani uni javobgardan sud orqali talab qilinayotgan narsadan iborat bo‘ladi. Da’vo predmeti Biron bir narsani undirish to‘g‘risidagi talablar Shuningdek muayan summaning undirilishi, Biron-bir mulkning topshirilishi, xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi moddiy-huquqiy yoinki shaxsiy huquqqa asoslangan talab bo‘lishi mumkin.
Da’voning asosi bo‘lib esa da’vo talabini tasdiqlaydigan dalillardan iborat bo‘ladi. FPK ning 149-moddasida da’vogar arizasida uning talabi qanday holatlarga asoslanganligini va bu hollarning mavjudligini tasdiqlaydigan dalillarni ko‘rsatish lozimligi qayd qilingan. Bunday holatlarda muayan yuridik faktlar vujudga kelishi mumkin. Da’vo qo‘zg‘atish uchu nasos bo‘ladigan yuridik faktlar juda ko‘plab uchraydi. Jumladan, tuzilgan shartnomalarning bajarilmasligi, qarzga olingan narsaning qaytarilmasligi, topshiriqning bajarilmasligi, yoki sifatsiz bajarilishi, fuqaroning o‘limi, yuridik shaxslarning tugatilishi va Shu kabi holatlar bo‘lishi mumkin.
Da’voni ta’minlash FPKda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. FPKning 248-moddasida sud yoki sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan da’voni ta’minlash choralarini ko‘ra olishi belgilangan. Bundan tashqari jinoiy ishlarda ham fuqarolik da’vosi ko‘rilishi mumkin.
|