|
All (Barchasi) – ro‘yxatdagi barcha ob’ektlarni tanlash; None (Hech birini)
|
bet | 5/9 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #258114 |
Bog'liq Qodirov XEditable Patch – tahrirlanadigan bo‘lak.
NURBS (Non–Uniform Rational B–Spline) bir jinsli bo‘lmagan rasional B-splayn.
Materiallarni ikki ko‘rinishga ajratish mumkin (1-rasm):
Jonsiz – oyna, metal, mato, rezina va boshqalar.
Jonli – teri qoplamasi, o‘simlik va boshqalar.
Jonli materiallarni yaratish murakkab, chunki teri bir qancha qatlamlardan tashkil topgan, ularning har biri o‘z darajasidagi shaffoflik, ranglar va teksturalarga ega bo‘ladi.
Jonsiz materiallar holatida akslantirishning fizik jarayonini va material sirtidan yorug‘lik nurining sinishini to‘g‘ri modellashtirish zarur.
Maska (Mask), qoida sifatida, boshqa tasvir qismini berkitish yoki tasvir qismiga biror-bir ob’ektni qo‘yish uchun zarur bo‘lgan oq-qora tasvirni o‘zida ifodalaydi.
Material yaratishda uning haqiqiy fizik xususiyatlarni hisobga olish kerak. 3D Studio Max dasturida quyidagi parametrlar boshqariladi:
1. Ob’ekt rangi. Fon yorug‘ligiga ta’sir, ob’ekt o‘zini-o‘zi yoritishi, boshqa ob’ektlardan rangni aks etishi (metal materiallar) hisobga olinadi.
2. Shu’lalar. Shu’lalar o‘lchami, yorqinligi va soni boshqariladi.
3. Ob’ekt shaffofligi. Realistik materiallar yaratish uchun faqatgina sifatli tasvirlarni ko‘yishning o‘zi etarli bo‘lmasdan, quyidagi parametrlarni hisobga olish zarur:
1. Yorug‘lik nurining aks etishi va sinishi jarayoni.
2. Materialning bir jinsli emasligi va yoyilish darajasi (chang, iflos, kir, dog‘, qurum, o‘yiq, yoriq, zang, metallarning oksidlanishi va b.).
1. Norealistik – Reflection (Shaffoflik) parametrida metal teksturasini o‘zida ifodalovchi Metal_ChromeFast standart materialidan foydalanilgan.
2. Realistik – zanglagan metalning sifatli teksturasi, shuningdek nuqsonli tekstura (metaldagi qirilgan joy va b.) ishlatilgan realistik material yaratilgan.
|
| |